YeIK: O‘zbekiston YeOII yagona tranzit tizimiga qo‘shilish ishlarini boshlashga tayyor
YeIK: O‘zbekiston YeOII yagona tranzit tizimiga qo‘shilish ishlarini boshlashga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII bojxona hamkorligi muhokama qilindi. Tomonlar yagona tranzit tizimiga qo‘shilish ishlarini boshlashga tayyorlikni tasdiqladi. YeIK vaziri bojxona nazoratida sun’iy intellekt va elektron deklaratsiya markazi bilan tanishdi
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov bilan uchrashib, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv doirasida Davidov YeOII bojxona chegarasining O‘zbekiston–Qozog‘iston qismidagi “Yallama” avtomobil o‘tkazish punktiga, shuningdek, Qozog‘istonning “B. Qo‘nisbayeva” nazorat-o‘tkazish punktiga tashrif buyurdi.Bundan tashqari, YeIK vaziri O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining target markazi va elektron deklaratsiyalash markazi faoliyati bilan tanishdi. U bojxona nazoratini optimallashtirishda sun’iy intellektni qo‘llash mexanizmlari hamda bojxona inspektorlari ishini baholashga xizmat qiluvchi intellektual axborot tizimi bilan ham tanishdi.
YeIK vaziri va O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi raisi uchrashuvida bojxona sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov bilan uchrashib, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning YeOII yagona tranzit tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlarni boshlashga tayyorligi tasdiqlangan. Ushbu qadam bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, tranzit yuklar va o‘zaro savdodagi tovarlarni yetkazib berishni tezlashtirishi kutilmoqda.
Uchrashuv doirasida Davidov YeOII bojxona chegarasining O‘zbekiston–Qozog‘iston qismidagi “Yallama” avtomobil o‘tkazish punktiga, shuningdek, Qozog‘istonning “B. Qo‘nisbayeva” nazorat-o‘tkazish punktiga tashrif buyurdi.
Bundan tashqari, YeIK vaziri O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining target markazi va elektron deklaratsiyalash markazi faoliyati bilan tanishdi. U bojxona nazoratini optimallashtirishda sun’iy intellektni qo‘llash mexanizmlari hamda bojxona inspektorlari ishini baholashga xizmat qiluvchi intellektual axborot tizimi bilan ham tanishdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.