Gaz, suv, elektr, parkovka: 2025-yilda qaysi xizmatlar eng ko‘p qimmatladi va arzonladi

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovSokrashenie bednosti
Sokrashenie bednosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Obuna bo‘lish
2025 yilda O‘zbekistonda bir qator kommunal va servis xizmatlari narxlari sezilarli oshgan bo‘lsa, ayrim xizmatlar arzonlashgan
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. 2025 yilda O‘zbekistonda tarmoqdagi gaz narxi 39,2 foizga, sovuq suv — 35,1 foizga, chiqindi olib chiqish xizmati uchun to‘lovlar esa 32,5 foizga qimmatlagan. Bu Markaziy bankning yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy infografikasida ma’lum qilindi.
Shuningdek, 2025-yilda quyidagi xizmatlar narxlari sezilarli darajada oshgan:
haydovchilik kurslari — 59 foizga;
ichki yo‘lovchi havo transporti — 56,9 foizga;
muzey xizmatlari — 32,7 foizga;
suyultirilgan gaz — 25 foizga;
shahar avtobusida yo‘l haqi — 21,1 foizga;
davlat maktabgacha ta’lim — 21 foizga;
elektr energiyasi — 18,8 foizga;
kuryerlik xizmati — 18,3 foizga;
teatr xizmatlari — 17,5 foizga;
huquqiy xizmatlar — 17 foizga;
ko‘p xonadonli uylarga ko‘rsatiladigan xizmatlar — 16,7 foizga;
avtomobil to‘xtash joyi xizmatlari — 15,5 foizga;
mobil aloqa xizmatlari — 15,1 foizga;
dam olish markazlari xizmatlari — 14,5 foizga;
issiq suv — 11,9 foizga;
markaziy isitish — 11,5 foizga;
shaharlararo avtobus yo‘l haqi — 10,8 foizga.
Ayni paytda ayrim xizmatlar narxi arzonlashgan:
uy xo‘jaligida ishlatiladigan to‘qimachilik mahsulotlarini tikish — 4,7 foizga;
zargarlik xizmatlari — 4,6 foizga;
mehmonxona xizmatlari — 4,6 foizga;
kimoviy tozalash xizmatlari — 4,5 foizga;
mebel va uy-ro‘zg‘or asboblarini ta’mirlash — 4,2 foizga;
konsert zali xizmatlari — 4,2 foizga;
maishiy priborlarni ta’mirlash — 4 foizga;
simli internet — 4 foizga;
diniy xizmatlar — 3,7 foizga;
maishiy priborlarni ijaraga berish — 3 foizga;
kvartira ijara haqi — 2,6 foizga.
Ta’kidlanishicha, narxlar indeksi savatiga kiritilgan 90 turdagi xizmatdan 66 tasi, ya’ni 73 foizining, yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlari qanday o‘zgardi?
Yangiliklar lentasi
0