https://oz.sputniknews.uz/20260106/ulush-qurilish-ozgarishlar-qonun-loyiha-54659465.html
Ko‘p qavatli uylarni hissadorlik asosida qurish tartibida o‘zgarishlar kutilmoqda — loyiha
Ko‘p qavatli uylarni hissadorlik asosida qurish tartibida o‘zgarishlar kutilmoqda — loyiha
Sputnik O‘zbekiston
Ulush kiritish asosida qurilish sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat ulushdorlar huquqlarini himoya qilish, developerlar faoliyatini qat’iylashtirish va bozorda shaffoflikni oshirishni ko‘zda tutadi.
2026-01-06T15:31+0500
2026-01-06T15:31+0500
2026-01-06T16:58+0500
qurilish
ko‘p kvartirali uylar
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qonun
ko‘chmas mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20967552_215:461:2809:1920_1920x0_80_0_0_072d21f9edb23270ada38562fee987e8.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ko‘p kvartirali uylar va ko‘chmas mulkni ulush kiritish asosida qurish sohasini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.1 iyuldan kuchga kirishi reja qilinayotgan ushbu hujjat ulushdorlar huquqlarini kuchaytirish hamda qurilish bozorida shaffoflikni oshirishni maqsad qilgan.Avval ulushli qurilish yagona huquqiy mexanizmsiz tartibga solinar edi. Xususan:Bu esa ayrim hollarda uzoq yillarga cho‘zilgan qurilishlar, moliyaviy firibgarlik holatlari va ijtimoiy keskinlikka sabab bo‘lgan.Shuningdek, quruvchilar (developerlar) uchun qat’iy talablar joriy etiladi. Endi ulushli qurilish bilan faqat:Bu mexanizm ulushdorlarning mablag‘larini himoya qilishga qaratilgan.Sohada maxsus vakolatli organ, muammoli obyektlarning yagona reyestri; ochiq ma’lumotlar tizimi joriy etiladi.Ulushdorlar developer, loyiha hujjatlari va ruxsatnomalar haqida oldindan ochiq axborot olish imkoniga ega bo‘ladi.Bundan tashqari, qonun loyihasi ulushli qurilish shartnomalarining mazmuni, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarlik choralarini aniq belgilab beradi. Bu esa sud nizolari sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260101/birinchi-yanvardan-nimalar-54592936.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20967552_234:0:2907:2005_1920x0_80_0_0_8c8078b6649b157cccdd4f530db21051.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulushli qurilish, ulushdor, developer, ko‘p kvartirali uylar, ko‘chmas mulk, eskrou hisobvaraq, qurilish bozori, ulushdorlar huquqlari, davlat nazorati, maxsus vakolatli organ, reyestr, ochiq ma’lumotlar, uy-joy qurilishi, qonun loyihasi, o‘zbekiston qonunchiligi
ulushli qurilish, ulushdor, developer, ko‘p kvartirali uylar, ko‘chmas mulk, eskrou hisobvaraq, qurilish bozori, ulushdorlar huquqlari, davlat nazorati, maxsus vakolatli organ, reyestr, ochiq ma’lumotlar, uy-joy qurilishi, qonun loyihasi, o‘zbekiston qonunchiligi
Ko‘p qavatli uylarni hissadorlik asosida qurish tartibida o‘zgarishlar kutilmoqda — loyiha
15:31 06.01.2026 (yangilandi: 16:58 06.01.2026) O‘zbekistonda ulushli qurilishni tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi taqdim etildi. Eskrou hisobvaraqlar, muommali obyektlar reyestri va qat’iy nazorat joriy etiladi
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ko‘p kvartirali uylar va ko‘chmas mulkni ulush kiritish asosida qurish sohasini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi
uchun joylashtirildi.
1 iyuldan kuchga kirishi reja qilinayotgan ushbu hujjat ulushdorlar huquqlarini kuchaytirish hamda qurilish bozorida shaffoflikni oshirishni maqsad qilgan.
Avval ulushli qurilish yagona huquqiy mexanizmsiz tartibga solinar edi. Xususan:
maxsus qonun mavjud emas edi;
developerlar ulushdor mablag‘larini erkin tasarruf etardi;
eskrou hisobvaraqlar majburiy talab sifatida qo‘llanilmasdi;
qurilish kechikishi yoki obyekt tugallanmasligi holatlarida ulushdorlar yetarlicha himoyalanmagan.
Bu esa ayrim hollarda uzoq yillarga cho‘zilgan qurilishlar, moliyaviy firibgarlik holatlari va ijtimoiy keskinlikka sabab bo‘lgan.
Qonun loyihasida ilk bor ulushli qurilish tushunchasi aniq belgilab qo‘yilmoqda, bu huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, quruvchilar (developerlar) uchun qat’iy talablar joriy etiladi. Endi ulushli qurilish bilan faqat:
davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
moliyaviy barqarorligi tasdiqlangan;
maxsus reyestrga kiritilgan
developerlar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.
Qonun loyihasiga muvofiq, ulushdor mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri developerga berilmaydi, balki eskrou hisobvaraqlar orqali jamlanadi. Pullar qurilish tugallanib, uy foydalanishga topshirilmaguncha bankda saqlanadi. Faqat belgilangan shartlar bajarilgandan so‘ng mablag‘ developerga o‘tkaziladi.
Bu mexanizm ulushdorlarning mablag‘larini himoya qilishga qaratilgan.
Sohada maxsus vakolatli organ, muammoli obyektlarning yagona reyestri; ochiq ma’lumotlar tizimi joriy etiladi.
Ulushdorlar developer, loyiha hujjatlari va ruxsatnomalar haqida oldindan ochiq axborot olish imkoniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, qonun loyihasi ulushli qurilish shartnomalarining mazmuni, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarlik choralarini aniq belgilab beradi. Bu esa sud nizolari sonini kamaytirishga xizmat qiladi.