Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestri joriy etildi — unga qaysi korxonalar kiradi?
11:34 06.01.2026 (yangilandi: 12:39 06.01.2026)
Obuna bo‘lish
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritish mezonlari, moliyaviy hisobot va auditga qo‘yiladigan talablar belgilandi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish, ular toifasiga kiritish mezonlari, shuningdek, moliyaviy hisobotlari va auditiga qo‘yiladigan talablar belgilandi. Tegishli qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjatga muvofiq, yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga ega yirik tijorat tashkilotlari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq taqdim etish talabi yengillashtirildi.
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar sifatida quyidagilar belgilanmoqda:
– aksiyalari ommaviy savdolarga chiqariladigan tashkilotlar;
– tijorat banklari, mikromoliya banklari, mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari;
– investitsiya fondlari;
– birjalar;
– aktivlarining balans qiymati BHMning 1 million baravari (412 milliard so‘m)dan ortiq hamda mahsulot, tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan yillik sof tushumi va dividend shaklidagi daromadlari birgalikda BHMning 1 million baravaridan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar;
– shuningdek, oxirgi ikki yil davomida hisobot yili yakunlariga ko‘ra:
• aktivlarining balans qiymati BHMning 1 million baravari va undan ortiq;
• yillik sof tushumi BHMning 1 million baravari va undan ortiq;
• xodimlarining o‘rtacha yillik soni 500 nafardan kam bo‘lmagan tashkilotlar.

Endilikda mazkur mezonlarga javob beradigan tashkilotlar Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritiladi.
Ushbu Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladi hamda har yili 1-iyulga qadar Hukumat portali yagona platformasi va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.