5 yanvardan mahallalarda "Mazmunli ta’til": yoshlar o‘rtasida tanlov va musobaqalar o‘tkaziladi

© pexels.com/Kampus ProductionFutbol
Futbol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlarda ishtirok etishni xoxlovchilar o‘z mahallaridagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 5–11 yanvar kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan mamlakatning barcha mahallalarida “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida turli tanlov va musobaqalar tashkil etiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus yoshlarning qishki ta’tilini mazmunli va faol o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarzi hamda intellektual faoliyatga jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Dastur doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
“Mazmunli ta’til” dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
Mini-futbol musobaqasi
“Zakovat” intellektual o‘yini
“Kibersport” musobaqasi
“Milliy karaoke” tadbiri
Shaxmat musobaqasi
Shashka musobaqasi
“Quvnoq startlar” sport o‘yinlari
Shuningdek, dastur doirasida “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI” va “UzChess” platformalari orqali onlayn viktorinalar o‘tkaziladi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi belgilangan.
IT-shkola School 21 v Samarkandskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2026
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0