“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi

© SputnikIT-shkola School 21 v Samarkandskoy oblasti.
IT-shkola School 21 v Samarkandskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2026
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari sohasida yoshlar, o‘qituvchilar va maktablarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushadi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining 849-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror ga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030”strategiyasi doirasida “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida yoshlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan milliy tanlov yo‘lga qo‘yilib, eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi:
100 nafar o‘qituvchi — $ 1000ga teng pul mukofoti,
10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohat yo‘llanmasi,
500 nafar yoshlarga — noutbuk,
500 nafar yoshlarga — qimmatbaho sovg‘alar,
3 ta OTM — pul mukofoti,
2 ta umumta’lim maktabi — “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlar markazlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Loyiha doirasida yoshlarga AT, startap boshqaruvi va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim, xalqaro AT-sertifikatlar hamda tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0