Sibir darolaridan O‘zbekistonga suv keladimi — Rossiya Fanlar akademiyasi olimi fikri

© FOTO press-slujba prezidenta KRStart stroitelstva Kulanakskoy GES v Narinskoy oblasti
Start stroitelstva Kulanakskoy GES v Narinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
Obuna bo‘lish
Avvalroq RBK Rossiya Ob suvini O‘zbekistonga plastik quvurlar orqali yetkazish imkoniyati o‘rganilayotgani aytilgan edi. Bu taklif SSSR davridagi Sibir darolarini MOga burish loyihasini eslatadi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Sibirning Ob darosi suvining bir qismini Markaziy Osiyoga yo‘naltirish loyihasi ekologiya nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq emas va siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshmaydi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi vakili Vladimir Kirillov RIA Novostiga bergan intervyusida aytdi.

Hozirgi siyosiy sharoitda bunday loyihaning amalga oshishi juda qiyin. Men real vaziyatni hisobga olgan holda aytsam, buguncha ushbu mintaqaga aloqador davlatlar o‘rtasida bunday tashabbus bo‘yicha kelishuvga erishish imkoni yo‘q ...Albatta, hozir Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hamjihatlikda Ob darosining xuddi shu oqimini, uning bir qismini qandaydir shunday loyihalar uchun imkoniyatlarini batafsil o‘rganishsa yaxshi bo‘lardi", — dedi olim RIA Novostiga.

U ekologik xavotirlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Agar Markaziy Osiyo darolari, Amudaryo va Sirdaryo va boshqalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu darolar havzasida suvdan foydalanish tizimining zamonaviy bazasida mavjud vaziyat va texnologiklikni tahlil qilishdan boshlash kerak", - dedi u.

Olim Markaziy Osiyoda suv resurslarini davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirish mexanizmi yetarli emasligi bu muammoni yanada qiyinlashtirayotganini ta’kidladi.

"Markaziy Osiyoda "suv taqsimlovchi" degan yaxshi so‘z bor... Bugungi kunda, masalan, Amudaryo havzasi bo‘yicha bunday lavozim yo‘q, chunki havza xalqaro, davlatlararo. Shuning uchun siyosiy sabablarga ko‘ra, vaziyatni hal qilib bo‘lmaydi va loyihani amalga oshirib bo‘lmaydi", — dedi Kirillov.

U misol sifatida Orolni tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan Kokaral to‘g‘onini keltirdi.
Kirillovning fikriga ko‘ra, Ob suvini katta hajmda Markaziy Osiyoga yo‘naltirish haqidagi g‘oya amalda istiqbolga ega emas.

"Mahalliy masalalarni hal qilish kerak, umuman olganda, tadqiqotlar o‘tkazish kerak, ammo hozirda bu loyihaga qaytish — bu sof siyosiy konyunktura (ya’ni, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan vaqtinchalik gaplar)", — deya xulosa qildi olim.

Budet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Suv so‘jaligida 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqiladi
Yangiliklar lentasi
0