Maduro qo‘lga olinib AQShga olib ketildi — Tramp
14:37 03.01.2026 (yangilandi: 18:37 03.01.2026)

© AP Photo
Obuna bo‘lish
AQSh o‘tgan tunda Venesueladagi bir necha harbiy va boshqa obyektlarga zarba bergan edi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Venesuela prezidenti Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqildi - deb xabar qildi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
AQShning Venesuelaga hujumi haqida ayni damda nimalar ma’lum:
AQSh rasmiylari Amerika kuchlarining Venesueladagi harbiy amaliyoti davom etayotganini tasdiqladi, deb ta’kidladi Wall Street Journal.
AQSh Karakasdagi gaz transporti infratuzilma obyektlariga zarba berdi.
Venesuelaning Katia-la-Mar shahri aholisi keyingi hujumlardan qo‘rqib, uylarini tark etmoqda.
AQSh Harbiy-havo kuchlari o‘z havo hududini tark etgach, Oq uy Venesuela bo‘yicha rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.
Venesuelaning asosiy aeroporti xodimlari evakuatsiya qilinmoqda.
AQSh zarbalari harbiy baza va mamlakatning asosiy dengiz portiga ham berilgan.
Oq uy AQSh Venesuelaga zarba berayotganini tasdiqladi – Fox News.
Veyensuelaga hujum Rojdestvo arafasida rejalashtirilgan edi, biroq ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgan – CBC.
Venesuela havo mudofaa tizimlari zarbalarni dastlab payqamagan, u o‘chirilgan bo‘lgan — Fox News.
Karakas osmonida hamon harbiy samolyot tovushlari eshitilib turibdi.
Zarbadan so‘ng La Guayra portida yong‘in chiqdi.
Karakas hukumati dron hujumlari tufayli odamlarga shahar bo‘ylab harakatlanishdan saqlanishni tavsiya qilmoqda.
Karakasga tungi berilgan dastlabki zarbalardan so‘ng Maduro Venesuelada favqulodda holat e’lon qilgan va barcha mudofaa kuchlarini safarban qilgan edi.
Vnesuela Tashqi ishlar vazirligi AQShning mamlakatga qarshi tajovuzini keskin qoraladi. Karakas AQSh hujumi uning neft va mineral resurslari ustidan nazoratni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan, biroq muvaffaqiyatsiz bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.
Venesuelaning Moskvadagi elchixonasi ️AQShni BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzishda aybladi.
Venesuelaning Moskvadagi elchixonasi ️AQShni BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzishda aybladi.
"️Bunday harakatlar “xalqaro tinchlik va barqarorlikka, xususan, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida tahdid soladi. ️Venesuela o‘zini himoya qilish uchun qonuniy huquqqa ega", - deyiladi bayonotda.
