Venesuela poytaxtida portlashlar sodir bo‘ldi

© Sputnik / Sergey MamontovGoroda mira. Karakas
Goroda mira. Karakas - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2026
Obuna bo‘lish
Portlashlar Karakas ustidan samolyotlar uchib o‘tganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘tgan tunda Karakasning bir necha hududlarida kamida yettita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda xalqro axborot agentliklari ma’lum qilmoqda.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar tungi soat 2:00 (Toshkentda 11:00) atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash ovozlari shaharning turli qismlarida, shuningdek, Mayketiyadagi Simon Bolivar aeroporti va La Guayra portida eshitilgan.
Reuters agentligi xabar berishicha, portlashlar samolyotlar Karakas ustidan uchib o‘tganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Karakas janubidagi harbiy baza elektr ta’minotisiz qolgan.
AQSh Harbiy qo‘mondonligi ushbu portlashlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Venesuela prezidenti mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Nikolas Maduro — AQShning asl maqsadi Venesuela nefti va mineral boyliklarini qo‘lga kiritish deb atadi, lekin Venesuela bunga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
AQSh va Venesuela munosabatlari keskinlashuvi
So‘nggi bir necha oy ichida AQSh Karib dengizi Venesuela qirg‘oqlari yaqinida aviatashuvchi va ko‘p sonli harbiy dengiz kuchlarini to‘plab, Venesuelani deyarli blokada qildi. Xususan AQSh ma’muriyati ushbu mamlakatdan chiqayotgan bir necha neft tankerlarini to‘xtatib ularni musodara qildi. Bir necha hafta oldin Tramp Venesuela osmonini parvoz ta’qiqlangan hudud deb e’lon qildi.
Oq uy Markaziy Razvedka boshqarmasiga Nikolas Maduro hukumatini beqarorlashtirish maqsadida yashirin operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi. Dekabr oyi o‘rtalarida Tramp Venesuela rahbarini “mol-mulk o‘g‘irlash, terrorizm, narkotik moddalar kontrabandasi va odam savdosi” uchun xorijiy terrorchi e’lon qildi.
Rossiya va Xitoy AQSh tomonidan Venesuela atrofida ziddiyatning doimiy va ataylab kuchayishtirilishini keskin qoralab kelgan.
Yangiliklar lentasi
0