Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina dronlar bilan Rossiya rahbari qarorgohiga hujum qilishga urindi: xalqaro munosabat

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevoe slajivanie voyennix razvedchikov gruppirovki voysk "Sentr" v zone SVO
Boyevoe slajivanie voyennix razvedchikov gruppirovki voysk Sentr v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Obuna bo‘lish
Putin hujum javobsiz qolmasligini, Tramp bu ish yaxshi bo‘lmagani va nozik paytda sodir etilganini, turk siyosatshunosi esa hujum Ukraina uchun o‘z joniga qasd qilishga tengligini aytdi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. 28 dekabrdan 29-dekabrga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Rossiya prezidentining Novgorod viloyatidagi qarorgohiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan terrorchilik hujumi uyushtirdi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan voqea keng xalqaro shov-shuvga sabab bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya diplomatiyasi vakillari, shuningdek, boshqa davlatlarning rasmiy shaxslari va ekspertlari bunga munosabat bildirdi.
Munosabat va bayonotlar:
Vladimir Putin:
"Kiyevning terrorchilik tusidagi harakatlariga Rossiya tomonidan eng jiddiy javob beriladi."
Donald Tramp:
"Hozirgina eshitdim... Bu juda yomon. Bu yaxshi ish bo‘lmabdi".
"Putinning qarorgohiga hujum nozik vaqtda sodir bo‘ldi".
"Kiyevning RF prezidenti qarorgohiga hujumini "mudofaa harakatlari" deb bo‘lmaydi".
"Men bu haqda prezident Putindan eshitdim va bundan juda g‘azablandim".
Yuriy Ushakov, Rossiya prezidenti yordamchisi:
"AQSh prezidenti bu xabardan hayratda qoldi, tom ma’noda g‘azablandi, bunday aql bovar qilmaydigan harakatlarni hatto taxmin ham qila olmasligini aytdi"
"(Tramp - tahr.) Aytganidek, bu, shubhasiz, Zelenskiy bilan ishlash kontekstida Amerika yondashuvlariga ta’sir qiladi, hozirgi ma’muriyat, Trampning o‘zi aytganidek, Xudoga shukur, "Tomahaw"ni bermagan".
Sergey Lavrov:
"Prezident qarorgohiga hujum qilgan barcha uchuvchisiz uchish apparatlari Rossiya Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan yo‘q qilindi".
"Kiyev dronlarining Rossiya prezidenti qarorgohiga hujumi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar chog‘ida amalga oshirildi".
"Bunday bemulohaza harakatlar javobsiz qolmaydi".
"Shu bilan birga, biz (bu voqea sababli - tahr) AQSh bilan muzokaralar jarayonidan chiqmoqchi emasmiz".
"Shu bilan birga, davlat terrorizmi siyosatiga o‘tgan Kiyev rejimining jinoiy mohiyati to‘liq namoyon bo‘lganini inobatga olgan holda Rossiyaning muzokaralar pozitsiyasi qayta ko‘rib chiqiladi".
"Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan javob zarbalari beriladigan obyektlar va ularni amalga oshirish vaqti aniqlandi".
Aleksandr Grushko, Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari:
"Albatta, bugun bo‘lib o‘tgan voqealar muzokaralar jarayoniga putur yetkazish, tinchlikka erishishni yanada qiyinlashtirishga jiddiy urinishdir".
Mariya Zaxarova, Rossiya TIV rasmiy vakili:
"Ukrainaning RF prezidenti qarorgohiga hujumi - bu Ukraina tomonidan Trampga berilgan tarsaki".
"Ukrainaning Rossiya prezidenti qarorgohiga hujumiga javob diplomatik bo‘lmaydi, Kiyev umid qilmasin".
Xalqaro munosabatlar:
BAA Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum urinishini keskin qoralab, ushbu harakat xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solishini ta’kidladi.
Nikaragua prezidenti Putinga maktub yo‘llab, qarorgohga qilingan hujum munosabati bilan birdamligini bildirdi.
"Kiyev rasmiylarining tinchlik muzokaralari chog‘ida Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum qilishga urinishi o‘z joniga qasd qilishdek ko‘rinadi", - dedi turkiyalik siyosatshunos Engin O‘zer.
Vladimir Zelenskiy uyushtirilgan hujumni tan olmay, bu yolg‘on deb aytdi.
Podrazdeleniya gruppirovki voysk Vostok osvobodili gorod Gulyaypole Zaporojskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
RF Mudofaa vazirligi: "G‘alaba uchun muhim qadam" — uch shahar ozod qilindi
Yangiliklar lentasi
0