Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

RF Mudofaa vazirligi: "G‘alaba uchun muhim qadam" — uch shahar ozod qilindi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPodrazdeleniya gruppirovki voysk "Vostok" osvobodili gorod Gulyaypole Zaporojskoy oblasti
Podrazdeleniya gruppirovki voysk Vostok osvobodili gorod Gulyaypole Zaporojskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari uch aholi punktini ozod qildi. O‘tkazilgan yig‘ilishda bu haqda Vladimir Putinga ma’lumot berildi. Mudofaa vaziri Andrey Belousov harbiylarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Gulyaypole shahri va Stepnogorsk shaharchasi, shuningdek, Donesk Xalq Respublikasidagi Dimitrov shahrini ozod qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
RF mudofaa vaziri Andrey Belousov harbiy xizmatchilarni aholi punktlari ozod etilgani bilan tabriklab, bu maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish va umumiy g‘alaba sari tashlangan muhim qadam ekanini ta’kidladi.
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin posetil vspomogatelniy punkt upravleniya Obyedinennoy gruppirovki voysk
Prezident Vladimir Putin posetil vspomogatelniy punkt upravleniya Obyedinennoy gruppirovki voysk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Prezident Vladimir Putin posetil vspomogatelniy punkt upravleniya Obyedinennoy gruppirovki voysk
Xabar qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya zonasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning hisobotini tingladi.
Yig‘ilishda “Markaz” va “Sharq” qo‘shinlari guruhlari qo‘mondonlari, shuningdek, qo‘shilmalar rahbarlari jangovar topshiriqlarning bajarilishi, xususan, Dimitrov va Gulyaypole ozod etilgani haqida axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gulyaypoleni ozod qilish operatsiyasida 5-armiya hamda “Sharq” qo‘shinlari guruhi harbiy xizmatchilari ishtirok etgan. Jangovar harakatlar davomida 76 kvadrat kilometrdan ortiq mudofaa hududi nazoratga olingan, 7 mingdan ziyod bino va inshootlar tozalangan.
Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlarining 33-, 225- va 425-alohida hujum polklari, 102-alohida hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalari katta talafot ko‘rgani, 50 dan ortiq zirhli texnika va avtomobil transporti yo‘q qilingani qayd etildi.
Qayd etilishicha, Gulyaypoleni ozod qilish Zaporojye yo‘nalishida hujum harakatlarini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, keyingi oldinga siljish uchun sharoit yaratgan.
Boyes ob uderjanii pozitsiy v Kupanske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kupansk Rossiya nazorati ostiga o‘tdi - video
Yangiliklar lentasi
0