Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh–Rossiya hamkorligi: Tramp va Putin bir soatdan ortiq yana nimalarni gaplashdi

© Sputnik / Ilya PitalevPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Obuna bo‘lish
Bir soatdan ortiq davom etgan muloqot davomida Rossiya va AQSh yetakchilari Ukrainadagi vaziyat, vaqtinchalik sulh masalasi, shuningdek, mojaroni tartibga solish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini muhokama qildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro yakunlansa, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun "ajoyib istiqbollar" ochilishini ta’kidladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat tafsilotlarini ochiqlash chog‘ida ma’lum qildi.
Ushakovning mavzuga oid boshqa bayonotlari quyidagilardan iborat:
Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati 1 soat 15 daqiqa davom etgan;
tomonlar vaqtinchalik sulh Ukrainadagi mojaroni cho‘zishga olib kelishi mumkin, degan fikrda yakdil ekanini bildirgan;
Vladimir Putin Donald Trampning maxsus tuzilgan ishchi guruhlar doirasida mojaroni tartibga solish ishlarini davom ettirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan;
Ukraina bo‘yicha ishchi guruhlar parametrlari yanvar oyi boshida ma’lum qilinishi rejalashtirilgan;
Putin va Tramp AQSh prezidentining Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yakunlaridan so‘ng yana bir bor telefon orqali muloqot qilishga kelishib olgan.
Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi Itogi goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: tinchlik masalasi muzokaralarida “koptok” Ukraina va uning homiylari tomonda
Yangiliklar lentasi
0