Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin: tinchlik masalasi muzokaralarida “koptok” Ukraina va uning homiylari tomonda

© RIA NovostiPrezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi "Itogi goda" v Moskve
Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi Itogi goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Ukrainadagi urush sabablari haqida bayonot berib, mojaro 2014-yildagi voqealardan keyin boshlanganini ta’kidladi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan. Urush 2014-yilda Ukrainada konstitutsiyaga zid siyosiy qurolli to‘ntarishdan keyin hamda keyingi Ukraina rahbariyati o‘zining janubi-sharqidagi fuqarolariga qarshi harbiy harakatlarni boshlaganidan so‘ng yuzaga kelgan. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

"Minsk kelishuvlariga amal qilinmadi, ular bajarilmadi. Kiyev rejimi tomonidan Ukrainaning janubi-sharqidagi fuqarolariga qarshi boshlangan urushni tugatish uchun esa biz qurolli kuchlarimizni ishlatishga majbur bo‘ldik", — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp mojaroni to‘xtatish uchun chin ko‘ngildan harakat qilmoqda.

"Ankorijdagi uchrashuvda biz uning talablariga deyarli rozi bo‘lganmiz. Shu bois biz nimanidir rad etayapmiz, deb aytish noto‘g‘ri va hech qanday asosga ega emas. Undan avval Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda takliflar bildirilgan va bizdan ayrim yon berishlar so‘ralgan. Ankorijda esa men bu qarorlar biz uchun oson emasligini aytdim, ammo shu bilan birga, biz ushbu kompromisslarga rozi ekanligimizni ham bildirganman. Shu nuqtayi nazardan, biz nimanidir rad qilyapmiz, degan iddaolar asossiz", — dedi Rossiya rahbari.

Ta’kidlanishicha, bu masalada “koptok” to‘liq G‘arb tomonida, birinchi navbatda Ukraina rahbariyati va ularning homiylari tomonida.
Prezident SShA Donald Tramp i Vladimir Zelenskiy v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0