https://oz.sputniknews.uz/20251226/2026-yil-uchun-davlat-byudjeti-54478331.html
Prezident 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Prezident 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari; chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
2025-12-26T10:54+0500
2025-12-26T10:54+0500
2025-12-26T10:54+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
davlat budjeti
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51496113_0:78:900:584_1920x0_80_0_0_f3a978ce7122fde99e3551eea79fc5a2.jpg
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 25-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil uchun (O‘RQ-1105-son) Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.Qonun kelasi yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.Hujjatga ko‘ra, 1-darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekistonning respublika budjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:2026 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 5-dekabr kuni qabul qilingan hamda Senat tomonidan 18-dekabr kuni ma’qullangan. Qonun 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251218/senat-davlat-byudjetini-maqullash-54264294.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51496113_42:0:842:600_1920x0_80_0_0_e90d70b77644e240dcc570a85e3ee2f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’lumot
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’lumot
Prezident 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Kelasi yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 3 foizi etib belgilandi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 25-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil uchun (O‘RQ-1105-son) Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni
imzoladi.
Qonun kelasi yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Hujjatga ko‘ra, 1-darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekistonning respublika budjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
2026 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 5-dekabr kuni qabul qilingan hamda Senat tomonidan 18-dekabr kuni ma’qullangan. Qonun 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.