https://oz.sputniknews.uz/20251218/senat-davlat-byudjetini-maqullash-54264294.html
Senat 2026-yilgi Davlat budjetini ma’qulladi: mablag‘lar qayerga ko‘proq yo‘naltiriladi?
Senat 2026-yilgi Davlat budjetini ma’qulladi: mablag‘lar qayerga ko‘proq yo‘naltiriladi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Senati 2026-yil Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Budjet xarajatlarining 55 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi, inflyatsiya darajasi esa 7 foiz atrofida prognoz qilinmoqda.
2025-12-18T14:22+0500
2025-12-18T14:22+0500
2025-12-18T14:28+0500
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
davlat budjeti
moliyalashtirish
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44742667_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1d8b873a277e8546c831e73ed66ade90.jpg
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida "2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.Qonunga muvofiq, 2026-yilda Davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi:2026 yil Davlat budjeti asosiy parametrlari quyidagicha:Davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha:Shu bilan birga, 2026-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet quyidagicha shakllantirildi:Bunda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi vazifasi belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251218/2025-byudjet-xarajatlar-oshirilish-54250532.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44742667_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cfc76f05964eac3c2498828abc8d02f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘zbekiston senati, davlat budjeti 2026, budjet qonuni, ijtimoiy soha xarajatlari, ta’lim budjeti, tibbiyot budjeti, inflyatsiya 7 foiz, konsolidatsiyalashgan budjet, yaim, budjet taqchilligi, davlat moliyasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
o‘zbekiston, o‘zbekiston senati, davlat budjeti 2026, budjet qonuni, ijtimoiy soha xarajatlari, ta’lim budjeti, tibbiyot budjeti, inflyatsiya 7 foiz, konsolidatsiyalashgan budjet, yaim, budjet taqchilligi, davlat moliyasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
Senat 2026-yilgi Davlat budjetini ma’qulladi: mablag‘lar qayerga ko‘proq yo‘naltiriladi?
14:22 18.12.2025 (yangilandi: 14:28 18.12.2025) Senatorlar 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi. Budjetda ijtimoiy sohaga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida "2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati
xabar berdi.
Qonunga muvofiq, 2026-yilda Davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi:
220,0 trillion so‘m (qariyb 55 foiz) — ijtimoiy sohaga
100 trillion so‘m — ta’lim sohasiga
49 trillion so‘m — sog‘liqni saqlash sohasiga (joriy yilga nisbatan 11,4 foizga oshirilgan)
Shuningdek, kelgusi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar belgilanib, inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida prognoz qilinmoqda.
2026 yil Davlat budjeti asosiy parametrlari quyidagicha:
xarajatlar — 402,6 trillion so‘m;
daromadlar — 368,9 trillion so‘m
Davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha:
daromadlar — 78,6 trillion so‘m
xarajatlar — 74,4 trillion so‘m
(budjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda)
Shu bilan birga, 2026-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet quyidagicha shakllantirildi:
daromadlar — 515,8 trillion so‘m
xarajatlar — 567,6 trillion so‘m
Bunda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi vazifasi belgilandi.