https://oz.sputniknews.uz/20251225/ukraine-2026-usa-kam-yordam-54450848.html
Ukraina 2026-yilda AQShdan rekord darajada kam harbiy yordam oladi
Ukraina 2026-yilda AQShdan rekord darajada kam harbiy yordam oladi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilda Ukraina AQShdan eng kam harbiy yordam oladi. AQSh budjeti, Pentagon va Davlat departamenti hisobotlariga ko‘ra, yordam hajmi keskin qisqardi.
2025-12-25T10:45+0500
2025-12-25T10:45+0500
2025-12-25T10:57+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
donald tramp
kiyev
nato
pentagon
ukraina
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39178258_0:97:3072:1825_1920x0_80_0_0_63cd34e9e36d2a3e78fbe311c644272f.jpg
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Ukraina 2026-yilda AQShdan 2022-yil boshidan buyon eng kam miqdorda harbiy yordam oladi. Bu haqda AQSh hukumati hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.Tasdiqlangan AQShning 2026 moliya yili mudofaa budjetiga muvofiq, Kiyev USAI (Ukraine Security Assistance Initiative) dasturi doirasida atigi 400 million dollar oladi. Shu miqdor 2027-yil uchun ham rejalashtirilgan.Bu — so‘nggi yillarda Ukraina uchun ajratilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.Qayd etilishicha, yordam hajmining keskin kamayishi Donald Tramp ma’muriyati pozitsiyasi bilan bog‘liq. Ilgarigi yillar bilan taqqoslash:AQSh Davlat departamenti hamda bosh inspektor hisobotlariga ko‘ra, 2022–2025 yillarning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda Vashington Ukrainaga qariyb 128 milliard dollar yordam ajratgan, shundan:Bundan tashqari, 2024-yil dekabr oyida Jahon banki orqali 20 milliard dollarlik kredit ajratilgan.Umuman olganda, AQSh Kongressi Ukraina va u bilan bog‘liq dasturlarga 187 milliard dollardan ortiq mablag‘ tasdiqlagan.Moskva fikriga ko‘ra, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish mojaroni tartibga solish jarayoniga xalaqit qiladi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga jalb etadi va "olov bilan o‘ynash" deb baholanadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukraina uchun mo‘ljallangan har qanday qurollangan yuk Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanishini ta’kidladi. Kreml G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi muzokara jarayoniga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/usa-europe-yordam-ukraine-tanqislik-54197467.html
kiyev
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39178258_245:0:2976:2048_1920x0_80_0_0_081c6ffdd0c53155070b74d7fe90bbeb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina aqsh harbiy yordami, 2026-yil ukraina yordami, usai dasturi ukraina, aqsh mudofaa budjeti ukraina, pentagon ukraina qurol-yarog‘, aqsh davlat departamenti hisoboti, ukrainaga ajratilgan yordam 128 milliard, donald tramp ukraina siyosati, nato ukraina qurol yetkazib berish, rossiya pozitsiyasi ukraina qurol
ukraina aqsh harbiy yordami, 2026-yil ukraina yordami, usai dasturi ukraina, aqsh mudofaa budjeti ukraina, pentagon ukraina qurol-yarog‘, aqsh davlat departamenti hisoboti, ukrainaga ajratilgan yordam 128 milliard, donald tramp ukraina siyosati, nato ukraina qurol yetkazib berish, rossiya pozitsiyasi ukraina qurol
Ukraina 2026-yilda AQShdan rekord darajada kam harbiy yordam oladi
10:45 25.12.2025 (yangilandi: 10:57 25.12.2025) AQSh mudofaa budjeti va Davlat departamenti hujjatlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam sifatida ajratiladigan mablag‘lar hajmi keskin qisqargan.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Ukraina 2026-yilda AQShdan 2022-yil boshidan buyon eng kam miqdorda harbiy yordam oladi. Bu haqda AQSh hukumati hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti
xabar berdi.
Tasdiqlangan AQShning 2026 moliya yili mudofaa budjetiga muvofiq, Kiyev USAI (Ukraine Security Assistance Initiative) dasturi doirasida atigi 400 million dollar oladi. Shu miqdor 2027-yil uchun ham rejalashtirilgan.
Bu — so‘nggi yillarda Ukraina uchun ajratilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yordam hajmining keskin kamayishi Donald Tramp ma’muriyati pozitsiyasi bilan bog‘liq.
Tramp bir necha bor AQSh Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet mablag‘lari ajratmasligini, aksincha, NATO hamkorlariga qurolni to‘liq narxda sotish orqali yordam ko‘rsatilayotganini aytgan.
Ilgarigi yillar bilan taqqoslash:
2024 yil aprel: Kongress USAI doirasida 14 milliard dollar ajratgan;
2025 yil: Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga 5,5 milliard dollardan ortiq qurol-yarog‘ yetkazib berilgan.
AQSh Davlat departamenti hamda bosh inspektor hisobotlariga ko‘ra, 2022–2025 yillarning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda Vashington Ukrainaga qariyb 128 milliard dollar yordam ajratgan, shundan:
70 mlrd dollar — qurol-yarog‘;
54 mlrd dollar — budjetni qo‘llab-quvvatlash;
4 mlrd dollar — gumanitar yordam.
Bundan tashqari, 2024-yil dekabr oyida Jahon banki orqali 20 milliard dollarlik kredit ajratilgan.
Umuman olganda, AQSh Kongressi Ukraina va u bilan bog‘liq dasturlarga 187 milliard dollardan ortiq mablag‘ tasdiqlagan.
Moskva fikriga ko‘ra, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish mojaroni tartibga solish jarayoniga xalaqit qiladi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga jalb etadi va "olov bilan o‘ynash" deb baholanadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukraina uchun mo‘ljallangan har qanday qurollangan yuk Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanishini ta’kidladi. Kreml G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi muzokara jarayoniga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qiladi.