https://oz.sputniknews.uz/20251216/usa-europe-yordam-ukraine-tanqislik-54197467.html
AQSh yordami kamaydi, Yevropa yordamga qodir emas — Ukrainada moliya va inson tanqisligi
AQSh yordami kamaydi, Yevropa yordamga qodir emas — Ukrainada moliya va inson tanqisligi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh yordamining qisqarishi Ukrainada qurol va moliya tanqisligini kuchaytirmoqda. G‘arb davlatlari esa Kiyevni to‘liq qoplashga tayyor emas.
2025-12-16T12:19+0500
2025-12-16T12:19+0500
2025-12-16T12:19+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
qurol-yarog‘
ria novosti
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aqsh
yevro
yevropa ittifoqi
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48183204_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b1b1cd1b55ce10ad133256210f265041.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. AQSh harbiy yordamining qisqarishi Ukraina uchun jiddiy muammoga aylanmoqda. G‘arb qurollari kamayib borayotgan sharoitda Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi oxirgi choralarga o‘tmoqda. RIA Novosti shu mavzuda “Nega Zelenskiyning qo‘lida faqat hamkorlarning quruq va’dalari qolmoqda” tahlilini taqdim qildi.Kildagi Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022–2024 yillarda G‘arb davlatlari Ukrainaga yiliga o‘rtacha 48 milliard dollar yordam ajratgan. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 38 milliard dollarga tushgan. Bu asosan Jo Bayden ma’muriyati davrida qabul qilingan dasturlar hisobidan ta’minlangan.Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘z hissalarini oshirgan bo‘lsa-da, Italiya yordamni qisqartirdi, Ispaniya esa umuman mablag‘ ajratmadi. Oliy radaning sobiq deputati Oleg Sarovning ta’kidlashicha, AQShsiz bunday hajmni saqlab qolish, hatto Vashingtondan qurol sotib olish ham amalda imkonsiz.G‘arb rasman tan olmayotgan bo‘lsa-da, Kiyevda vaziyat og‘ir. Britaniyaning "The Spectator" jurnali Zelenskiyning Yevropa bo‘ylab so‘nggi safari natijasiz bo‘lganini yozdi: ittifoqchilar siyosiy qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib, real pul va qurol bilan ta’minlashga qodir emas.Hozir Ukraina Bayden davrida tasdiqlangan harbiy paketlarning qoldiqlari bilan kifoyalanmoqda. UQK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Vashington siyosatini o‘zgarishiga umid qilayotganini aytgan bo‘lsa-da, asosiy tayanch sifatida Yevropani ko‘rsatmoqda.Strana.ua xabariga ko‘ra, yangi qoidalar asosida qochgan harbiylar bo‘linma tanlash huquqisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri frontga yuborilmoqda.Zelenskiy Yevropa Ittifoqi PURL dasturi orqali AQSh qurollarini sotib olishga yordam beradi, degan umidda. 2026-yil uchun 15 milliard dollarlik reja bor, ammo qaror baribir Vashington qo‘lida.Rossiya Fanlar akademiyasi eksperti Dmitriy Danilov esa YeI Ukraina bo‘yicha "berk ko‘cha"ga kirib qolganini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval ishlatilgan moliyaviy resurslar tugagan, yangi manbalar esa hali topilmagan.Xulosa oddiy: Yevropada Ukraina uchun pul tobora kamaymoqda, AQSh esa yordamni davom ettirishga shoshilmayapti. Kiyev uchun esa G‘arbning balandparvoz bayonotlaridan tashqari aniq kafolatlar qolmayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20251126/ukraine-usa-yordam-nato-53757750.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48183204_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c2034b00411c948b43fa7c2fe70fa175.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, aqsh yordami, amerika harbiy yordami, g‘arb qurollari, zelenskiy, ukraina qurolli kuchlari, uqk, safarbarlik, yevropa ittifoqi, yei yordami, germaniya, fransiya, buyuk britaniya, italiya, ispaniya, ifw instituti, kil instituti, harbiy moliyalashtirish, purl dasturi, bayden ma’muriyati, vashington siyosati, ria novosti, the spectator, the new york times, yevropa mudofaasi, harbiy budjet, ukraina mojarosi
ukraina, aqsh yordami, amerika harbiy yordami, g‘arb qurollari, zelenskiy, ukraina qurolli kuchlari, uqk, safarbarlik, yevropa ittifoqi, yei yordami, germaniya, fransiya, buyuk britaniya, italiya, ispaniya, ifw instituti, kil instituti, harbiy moliyalashtirish, purl dasturi, bayden ma’muriyati, vashington siyosati, ria novosti, the spectator, the new york times, yevropa mudofaasi, harbiy budjet, ukraina mojarosi
AQSh yordami kamaydi, Yevropa yordamga qodir emas — Ukrainada moliya va inson tanqisligi
Amerika harbiy yordamining qisqarishi Ukraina uchun jiddiy muammoga aylandi: G‘arb qurol-yarog‘i kamayib, Kiyev moliya va inson resursi tanqisligiga duch kelmoqda
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. AQSh harbiy yordamining qisqarishi Ukraina uchun jiddiy muammoga aylanmoqda. G‘arb qurollari kamayib borayotgan sharoitda Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi oxirgi choralarga o‘tmoqda. RIA Novosti shu mavzuda “Nega Zelenskiyning qo‘lida faqat hamkorlarning quruq va’dalari qolmoqda” tahlilini
taqdim qildi.
Kildagi Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022–2024 yillarda G‘arb davlatlari Ukrainaga yiliga o‘rtacha 48 milliard dollar yordam ajratgan. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 38 milliard dollarga tushgan. Bu asosan Jo Bayden ma’muriyati davrida qabul qilingan dasturlar hisobidan ta’minlangan.
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘z hissalarini oshirgan bo‘lsa-da, Italiya yordamni qisqartirdi, Ispaniya esa umuman mablag‘ ajratmadi. Oliy radaning sobiq deputati Oleg Sarovning ta’kidlashicha, AQShsiz bunday hajmni saqlab qolish, hatto Vashingtondan qurol sotib olish ham amalda imkonsiz.
G‘arb rasman tan olmayotgan bo‘lsa-da, Kiyevda vaziyat og‘ir. Britaniyaning "The Spectator" jurnali Zelenskiyning Yevropa bo‘ylab so‘nggi safari natijasiz bo‘lganini yozdi: ittifoqchilar siyosiy qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib, real pul va qurol bilan ta’minlashga qodir emas.
Hozir Ukraina Bayden davrida tasdiqlangan harbiy paketlarning qoldiqlari bilan kifoyalanmoqda. UQK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Vashington siyosatini o‘zgarishiga umid qilayotganini aytgan bo‘lsa-da, asosiy tayanch sifatida Yevropani ko‘rsatmoqda.
Biroq u ham asosiy muammo qurol emas, balki inson resursi ekanini ochiq tan oldi. Shu bois safarbarlikdan boshqa yo‘l qolmagan. UQK hujum qo‘shinlari rahbarlaridan biri Valentin Manko oyiga kamida 60 ming yangi askar talab etilishini bildirdi. Shu bilan birga, jang maydonidan qochish holatlari ko‘paygani ham yashirilmayapti.
Strana.ua xabariga ko‘ra, yangi qoidalar asosida qochgan harbiylar bo‘linma tanlash huquqisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri frontga yuborilmoqda.
Zelenskiy Yevropa Ittifoqi PURL dasturi orqali AQSh qurollarini sotib olishga yordam beradi, degan umidda. 2026-yil uchun 15 milliard dollarlik reja bor, ammo qaror baribir Vashington qo‘lida.
"The New York Times" muxbiri Stiven Erlangerning fikricha, Yevropa yetakchilari bir vaqtning o‘zida ham Ukrainani moliyalashtirish, ham o‘z mudofaasini kuchaytirishga majbur. Biroq budjetlar cheklangan, davlat qarzi esa o‘sib bormoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasi eksperti Dmitriy Danilov esa YeI Ukraina bo‘yicha "berk ko‘cha"ga kirib qolganini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval ishlatilgan moliyaviy resurslar tugagan, yangi manbalar esa hali topilmagan.
Xulosa oddiy: Yevropada Ukraina uchun pul tobora kamaymoqda, AQSh esa yordamni davom ettirishga shoshilmayapti. Kiyev uchun esa G‘arbning balandparvoz bayonotlaridan tashqari aniq kafolatlar qolmayapti.