Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi — prezidentlar telefonda yana nimalarni muhokama qildi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Belom dome sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva s Donaldom Trampom
V Belom dome sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva s Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Obuna bo‘lish
Muloqotda prezidentlar amaldagi loyihalar, yangi investitsiya mexanizmlari va oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida O‘zbekiston–AQSh munosabatlarida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, amaldagi loyiha va dasturlarni samarali ilgari surish, shuningdek, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashi tashkil etilgan. Shu bilan birga, Qo‘shma investitsiya fondini ta’sis etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, ko‘p tomonlama hamkorlik, jumladan, “C5+1” formati doirasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.
Muloqot yakunida tomonlar oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tashabbus va dasturlarni ilgari surishga kelishib oldilar.
Mirziyoyev AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shuningdek, Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ularni kelgusi yil AQSh mezbonlik qiladigan G20 sammitiga mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etganini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite liderov stran Sentralnoy Azii i SShA v formate C5+1. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2025
Mirziyoyev Vashingtondagi “Markaziy Osiyo-AQSh” sammitida qanday takliflarni bildirdi
Yangiliklar lentasi
0