https://oz.sputniknews.uz/20251107/mirziyoev-markaziy-osiyo-aqsh-sammit-takliflar-53296775.html
Mirziyoyev Vashingtondagi “Markaziy Osiyo-AQSh” sammitida qanday takliflarni bildirdi
Mirziyoyev Vashingtondagi “Markaziy Osiyo-AQSh” sammitida qanday takliflarni bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
“S5+1” formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.Avvalo, ishtirokchi mamlakatlarda navbati bilan joylashtiriladigan doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish taklif qilindi.
2025-11-07T10:57+0500
2025-11-07T10:57+0500
2025-11-07T10:57+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vashington
markaziy osiyo
sammit
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53295468_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5d3995bd35bcf7e8735fd7adfc1ced31.jpg
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.“S5+1” formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.Avvalo, ishtirokchi mamlakatlarda navbati bilan joylashtiriladigan doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish taklif qilindi.Davlat idoralari, kompaniyalar va moliya institutlari o‘rtasida tizimli muloqotni ta’minlash maqsadida vazirlar darajasida Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini ishga tushirish dolzarb ekani ta’kidlandi.O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan bog‘laydigan yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirishda AQSh bilan faol ishlashga tayyorligini bildirdi.Muhim minerallarni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni global yetkazib berish zanjirlariga kiritish uchun Maxsus qo‘mitani tuzish taklif qilindi.Mintaqa qishloq xo‘jaligini Amerika texnologiyalarini joriy etgan holda modernizatsiya qilish maqsadida Mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar sherikligini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.Gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida Mirziyoyev AQShning yetakchi muzeylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma ko‘rgazmalarni tashkil etish taklifi bilan chiqdi.Davlat rahbari navbatdagi sammitni Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.Prezident Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251107/mirziyoev-tramp-53296204.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53295468_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_dd560be3035043b9be48d15f57a3ca8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev markaziy osiyo-aqsh sammit “s5+1” formati takliflar
shavkat mirziyoyev markaziy osiyo-aqsh sammit “s5+1” formati takliflar
Mirziyoyev Vashingtondagi “Markaziy Osiyo-AQSh” sammitida qanday takliflarni bildirdi
O‘zbekiston rahbari ishtirokchi mamlakatlarda navbati bilan joylashtiriladigan doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etishni taklif qildi.
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qildi. “S5+1” formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Avvalo, ishtirokchi mamlakatlarda navbati bilan joylashtiriladigan doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish taklif qilindi.
Davlat idoralari, kompaniyalar va moliya institutlari o‘rtasida tizimli muloqotni ta’minlash maqsadida vazirlar darajasida Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini ishga tushirish dolzarb ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan bog‘laydigan yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirishda AQSh bilan faol ishlashga tayyorligini bildirdi.
Muhim minerallarni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni global yetkazib berish zanjirlariga kiritish uchun Maxsus qo‘mitani tuzish taklif qilindi.
Mintaqa qishloq xo‘jaligini Amerika texnologiyalarini joriy etgan holda modernizatsiya qilish maqsadida Mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar sherikligini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida Mirziyoyev AQShning yetakchi muzeylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma ko‘rgazmalarni tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Davlat rahbari navbatdagi sammitni Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.
Prezident Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.