Samarqandda O‘zbekistondagi eng yirik IT-parklardan biri qurilishi boshlandi

© SputnikV Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani
V Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Obuna bo‘lish
Loyiha startaplarni qo‘llab-quvvatlash, yosh axborot texnologiyalari mutaxassislarni tayyorlash va dasturiy ta’minot hamda IT-xizmatlar eksport hajmini oshirishga qaratilgan.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Samarqandda qurilishi boshlangan, yetti qavatli binodan iborat yangi majmua startaplar hamda boshlang‘ich axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun inkubator sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, majmua "School 21" dasturlash maktabi yonida joylashadi. Loyiha uchun ajratilgan yer maydoni qariyb 90 sotixni, binoning umumiy maydoni esa taxminan 15 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi Azim Rahmonovning ta’kidlashicha, kelgusida ushbu markazda xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan yosh mutaxassislar faoliyat olib boradi.
“Yangi IT-markazda asosiy e’tibor dasturiy ta’minot hamda boshqa IT xizmatlar eksportiga qaratiladi”, — dedi u.
© SputnikV Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani
V Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
V Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani
Bosh pudratchi sifatida ishtirok etayotgan Xitoyning "Shanghai Construction Group" kompaniyasi uchun mazkur loyiha O‘zbekistondagi ikkinchi obyekt hisoblanadi. Avvalroq kompaniya Toshkent shahrida bir qator obyektlarni amalga oshirgan edi.
Obsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Tatariston IT-delegatsiyasi tashrifi: IT Park bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0