Tatariston IT-delegatsiyasi tashrifi: IT Park bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

© IT Park UzbekistanObsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana
Obsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish doirasida kelgusi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. IT Park Uzbekistan vakillari Tatariston delegatsiyasi bilan uchrashib, axborot texnologiyalari, startap ekotizimi va raqamli yechimlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda IT Park Uzbekistan matbuot xizmati xabar bredi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish doirasida kelgusi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Delegatsiya tarkibiga IT Park Qozon vakillari hamda "uchuvchisiz suv usti kemalari", Presentsimple.ai, Fibonacci AI, MilkAgroVision, ElmaI, BluePrint, Tulpar Akademiyasi, LaweMate, NotCRM, Chain, Labli kabi startap loyihalar asoschilari kirdi.
Startaplar IT Park Uzbekistan dasturlarida ishtirok etish, jumladan rezident maqomini olish imkoniyatlariga qiziqish bildirdilar.
© IT Park UzbekistanObsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana
Obsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Obsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana
Uchrashuvda texnopark faoliyati, IT-biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar, IT-xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash choralari hamda barqaror startap ekotizimini shakllantirish tashabbuslari taqdim etildi.
Shuningdek, texnologik kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari va qo‘shma loyihalar salohiyati muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Tatariston bilan hamkorlik IT Park Uzbekistan uchun xalqaro aloqalarni kengaytirish va tajriba almashishga xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev zalojil kapsulu v osnovanie vtorogo etapa proyekta “IT-Park” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Toshkentda “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0