https://oz.sputniknews.uz/20251103/kredit-firibgarlik-qurbonlar-qarz-tolamaslik-53206022.html
Onlayn-kredit firibgarlari qurbonlaridan qarzni undirish bekor qilinadi
Onlayn-kredit firibgarlari qurbonlaridan qarzni undirish bekor qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Taqdimotda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberfiribgarlikka qarshi choralar ko‘rish va kiberxavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
2025-11-03T17:55+0500
2025-11-03T17:55+0500
2025-11-04T08:53+0500
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
jinoyat
firibgarlik
prezident
shavkat mirziyoyev
iiv
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53205113_0:10:1280:730_1920x0_80_0_0_1919e04e5a0b221e9375b4c29a66a9da.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Onlayn-mikroqarzlar bilan bog‘liq firibgarliklar jabrlanuvchilari ular nomiga olingan qarzni to‘lamaydigan tartib joriy etiladi. Bu haqda kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha takliflar taqdimotida so‘z bordi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.Taqdimotda ta’kidlanishicha, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha aniq mexanizm yo‘q. Ayrim tadbirkorlar mijozlar ma’lumotlarini ochiq bazalarda saqlamoqda. Davlat xizmatlarida ham biometrik identifikatsiya va elektron imzolarni himoya qilish kafolatlari yetarli emasligi qayd etildi.Shuning uchun ma’lumotlarni shifrlab saqlash, ma’lumotga ishlov beruvchilarning yagona reyestrini yuritish va sohadagi huquqbuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish zarurligi bildirildi.Shu bilan birga, kriptoaktivlarga hujumlar va “aqlli” qurilmalarni buzish kabi yangi kiberjinoyat turlarini o‘rganish va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurligi qayd etildi.Prezident takliflarni ma’qullab, IIV Kiberxavfsizlik markazining salohiyatini oshirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish, jumladan, ularni tezkor fosh etish bo‘yicha 7 turdagi yangi ekspertizani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250506/axborot-texnologiya-jinoyat-jazo-qaror-49206276.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53205113_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_ac4b5837d8d1d357965dbe46cd1e0f6a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiberjinoyatchilik, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, kiberxavfsizlik, kiberfiribgarlik, onlayn firibgarlik, prezident mirziyoyev, internet xavfsizligi, kiberxujumlar, elektron imzo, biometrik ma’lumotlar
kiberjinoyatchilik, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, kiberxavfsizlik, kiberfiribgarlik, onlayn firibgarlik, prezident mirziyoyev, internet xavfsizligi, kiberxujumlar, elektron imzo, biometrik ma’lumotlar
Onlayn-kredit firibgarlari qurbonlaridan qarzni undirish bekor qilinadi
17:55 03.11.2025 (yangilandi: 08:53 04.11.2025) Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish zarurligi bildirildi.
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Onlayn-mikroqarzlar bilan bog‘liq firibgarliklar jabrlanuvchilari ular nomiga olingan qarzni to‘lamaydigan tartib joriy etiladi. Bu haqda kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha takliflar taqdimotida so‘z bordi, deb
xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Taqdimotda ta’kidlanishicha, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha aniq mexanizm yo‘q. Ayrim tadbirkorlar mijozlar ma’lumotlarini ochiq bazalarda saqlamoqda. Davlat xizmatlarida ham biometrik identifikatsiya va elektron imzolarni himoya qilish kafolatlari yetarli emasligi qayd etildi.
Shuning uchun ma’lumotlarni shifrlab saqlash, ma’lumotga ishlov beruvchilarning yagona reyestrini yuritish va sohadagi huquqbuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish zarurligi bildirildi.
Onlayn-mikroqarzlardagi firibgarliklar ham alohida ta’kidlandi. Bunda jabrlanuvchilar nomiga olingan qarzlarni ulardan undirmaslik, shubhali hisobvaraqlarni tezkor bloklash kabi choralar taklif etildi.
Shu bilan birga, kriptoaktivlarga hujumlar va “aqlli” qurilmalarni buzish kabi yangi kiberjinoyat turlarini o‘rganish va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurligi qayd etildi.
Prezident takliflarni ma’qullab, IIV Kiberxavfsizlik markazining salohiyatini oshirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish, jumladan, ularni tezkor fosh etish bo‘yicha 7 turdagi yangi ekspertizani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.