https://oz.sputniknews.uz/20251223/czechia-ukraine-oq-dori-toxtatish-54400765.html
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dori sotib olishni to‘xtatadi — parlament spikeri
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dori sotib olishni to‘xtatadi — parlament spikeri
Sputnik O‘zbekiston
Chexiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilar tashabbusidagi ishtirokni to‘xtatish bo‘yicha hujjatlar tayyorlamoqda. Masala hukumat darajasida muhokama qilinishi kutilmoqda.
2025-12-23T10:58+0500
2025-12-23T10:58+0500
2025-12-23T10:58+0500
yevropa ittifoqi
g‘arb
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
chexiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36200978_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ffffffe55ca380338515c05b58b78a55.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Chexiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilar tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaydi. Bu haqda parlament deputatlari palatasi spikeri va hukmron koalitsiyaga kiruvchi SPD (“Ozodlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya”) harakati yetakchisi Tomio Okamura ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha tashabbusda harbiy idoraning ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori uchun hujjatlarni tayyorlaydi.Okamuraning ta’kidlashicha, mazkur hujjatlar avval koalitsiya kengashida, keyin esa hukumat tomonidan muhokama qilinadi.Shu bilan birga, Chexiyaning AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishi masalasiga to‘xtalgan Okamura “SPD uchun bu xarid noo‘rin va juda qimmat”, deb bildirdi. Uning aytishicha, ushbu masala respublika Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinishi kerak.Ma’lumot uchun, 2024-yilda Chexiya rahbariyati uchinchi mamlakatlarda yirik kalibrli artilleriya snaradlarini jamlab, keyinchalik ularni Ukrainaga yetkazib berish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bu tashabbusni bir qator G‘arb davlatlari moliyaviy qo‘llab-quvvatladi.Chexiya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Yan Lipavskiy CNN Prima NEWS telekanali efirida ma’lum qilishicha, Ukraina uchun o‘q-dorilar tashabbusini moliyalashtirgan G‘arb davlatlari jami taxminan 100 milliard kron (qariyb 4,8 milliard dollar) mablag‘ ajratgan.Moskva bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish mamlakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortuvchi xatti-harakatlar ekanini ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga yuborilayotgan har qanday qurol-aslaha yuki Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi.Kreml G‘arbning qurol yetkazib berishi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatni yanada keskinlashtirishini qayd etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/usa-europe-yordam-ukraine-tanqislik-54197467.html
ukraina
chexiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36200978_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d605ec7960ba0cdfaf8c95444402158e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chexiya, ukraina, o‘q-dorilar tashabbusi, chexiya mudofaa vazirligi, tomio okamura, spd, ukraina qurolli kuchlari, g‘arb davlatlari, artilleriya snaradlari, rossiya–aqsh muzokaralari, donald tramp, xalqaro siyosat, yevropa xavfsizligi
chexiya, ukraina, o‘q-dorilar tashabbusi, chexiya mudofaa vazirligi, tomio okamura, spd, ukraina qurolli kuchlari, g‘arb davlatlari, artilleriya snaradlari, rossiya–aqsh muzokaralari, donald tramp, xalqaro siyosat, yevropa xavfsizligi
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dori sotib olishni to‘xtatadi — parlament spikeri
Okamura ta’kidlashicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash mojaroni tezroq yakunlashga xizmat qilishi kerak, tinchlikka erishish esa AQSh tashabbusi asosida Rossiya bilan olib borilayotgan muzokaralarga bog‘liq
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Chexiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilar tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaydi. Bu haqda parlament deputatlari palatasi spikeri va hukmron koalitsiyaga kiruvchi SPD (“Ozodlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya”) harakati yetakchisi Tomio Okamura
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha tashabbusda harbiy idoraning ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori uchun hujjatlarni tayyorlaydi.
Okamuraning ta’kidlashicha, mazkur hujjatlar avval koalitsiya kengashida, keyin esa hukumat tomonidan muhokama qilinadi.
Shuningdek, u “budjetdan olingan pullar endi Ukraina uchun o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ sotib olishga sarflanmasligini” qayd etdi.
Shu bilan birga, Chexiyaning AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishi masalasiga to‘xtalgan Okamura “SPD uchun bu xarid noo‘rin va juda qimmat”, deb bildirdi. Uning aytishicha, ushbu masala respublika Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinishi kerak.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda Chexiya rahbariyati uchinchi mamlakatlarda yirik kalibrli artilleriya snaradlarini jamlab, keyinchalik ularni Ukrainaga yetkazib berish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bu tashabbusni bir qator G‘arb davlatlari moliyaviy qo‘llab-quvvatladi.
Shu tariqa, 2024-yilda Ukraina Qurolli kuchlari 1,5 million, 2025-yilda esa 1,8 million artilleriya snaradlarini oldi. Loyihani amalga oshirishda Chexiya asosan Niderlandiya va Daniya bilan hamkorlik qildi.
Chexiya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Yan Lipavskiy CNN Prima NEWS telekanali efirida ma’lum qilishicha, Ukraina uchun o‘q-dorilar tashabbusini moliyalashtirgan G‘arb davlatlari jami taxminan 100 milliard kron (qariyb 4,8 milliard dollar) mablag‘ ajratgan.
Moskva bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish mamlakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortuvchi xatti-harakatlar ekanini ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga yuborilayotgan har qanday qurol-aslaha yuki Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi.
Kreml G‘arbning qurol yetkazib berishi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatni yanada keskinlashtirishini qayd etadi.