Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida bojxona hamkorligi bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

© Sputnik / Timur Batirshin / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
Obuna bo‘lish
YeOII va O‘zbekiston o‘rtasida bojxona axborot almashuvi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qaror, shuningdek, YeOII–Indoneziya erkin savdo bitimi va YeOII “yo‘l xaritasi” imzolandi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va O‘zbekistonning bojxona chegaralari orqali olib o‘tiladigan tovarlar hamda xalqaro tashish transport vositalari to‘g‘risida axborot almashish bo‘yicha bitim tuzish yuzasidan muzokaralarni boshlash haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etgan Sankt-Peterburg shahridagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha imzolandi.
Shuningdek, yig‘ilishda YeOII doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, bojxona va texnik tartibga solishni takomillashtirish, xizmatlar bozorini erkinlashtirish, turizmni rivojlantirish, sanitariya va fitosanitariya talablariga rioya etish, moliya bozorlarini uyg‘unlashtirish hamda ittifoq organlari faoliyati ustidan tashqi audit natijalariga oid qator qarorlar qabul qilindi.
Bundan tashqari, “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” tashabbusi doirasida 2030 va 2045-yillargacha bo‘lgan davrda iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan deklaratsiyani amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) tasdiqlandi.
Shu bilan birga, YeOII va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Sankt-Peterburgda YeOII bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0