Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mirziyoyev Sankt-Peterburgda YeOII bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident yig‘ilishda YeOII bilan savdo to‘siqlarini kamaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, hamkorlikni kuchaytirish va transport-bojxona jarayonlarini soddalashtirishga to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston va YeOII munosabatlarida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Asosiy bayonotlari:
Biz uchun strategik va tabiiy sheriklarimiz bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish prinsipial ahamiyat kasb etmoqda.
Kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorlikning so‘nggi to‘rt yilida O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi qariyb ikki barobar oshdi va 20 milliard dollarga yaqinlashdi.
Qo‘shma ishchi guruh formatidagi ishlar davom etmoqda: uning beshinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz.
O‘zbekiston va YeOII bojxona chegaralari orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida axborot almashish to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi qaror qabul qilinganini olqishlaymiz.
O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
O‘zbekiston EOII bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdoridir.
Shuningdek, davlat rahbari YeOII bilan hamkorlikni kengaytirish borasida O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlarini qisqacha bayon qildi.
Birinchi. Savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya meyorlari bo‘yicha yondashuvlarni yaqinlashtirish uchun MDH va YeOII institutlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni faollashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni bekor qilish va talablarni birxillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish zarur. Shuningdek, tarif va notarif to‘siqlar masalalarini tezkor hal etish maqsadida “O‘zbekiston – YeOII” qo‘shma muvofiqlashtiruvchi guruhini tuzish taklif etildi.
Ikkinchi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mashinasozlik, energetika, agrosanoat majmui, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi munosabati bilan infratuzilmaviy, “yashil” loyihalar va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
Uchinchi. Raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish, elektron tijorat, raqamli markirovkalash, bojxona ma’muriyatchiligini raqamlashtirish hamda yuk tashishning “choksiz” modeliga o‘tish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
To‘rtinchi. O‘zbekiston YeOIIning biotibbiyot, yangi materiallar, agrotexnologiyalar, energetika va robototexnika yo‘nalishlaridagi texnologik platformalariga qo‘shilishdan manfaatdor ekani bildirildi.
Beshinchi. Turizm sohasida integratsiyalashgan axborot resursini shakllantirishga qo‘shilish mamlakatlar turistik mahsulotlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi ta’kidlandi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochim vizitom v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
Prezident Rossiyaga tashrif bilan bordi — kun tartibida qanday masalalar bor?
Yangiliklar lentasi
0