https://oz.sputniknews.uz/20251222/mirziyoev-japarov-rahmon-mukofot-54361813.html
Mirziyoyev, Japarov va Rahmonga nufuzli xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi
Mirziyoyev, Japarov va Rahmonga nufuzli xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi. Mukofot Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shilgan hissa uchun berildi.
2025-12-22T09:25+0500
2025-12-22T09:25+0500
2025-12-22T10:10+0500
vladimir putin
rossiya
qirg‘iziston
tojikiston
o‘zbekiston
mukofot
siyosat
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/16/54361014_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2e36f31c7232e693416ef3264d925327.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaga amaliy tashrif doirasida Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ushbu mukofot Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga ham berildi.Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin huzurida mukofot uning hakamlar hay’ati raisi, mashhur dirijor Valeriy Gergiyev tomonidan topshirildiMukofot insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat va Markaziy Osiyoni tinchlik, farovonlik hamda bunyodkorlik makoniga aylantirish yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatlar e’tirofi ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250909/mirziyoev-tinchlik-mukofoti-51857235.html
qirg‘iziston
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/16/54361014_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6e4cb89fca30ebbd976c8a15958d972e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston prezidenti, vladimir putin, rossiya prezidenti, valeriy gergiyev, sankt-peterburg, sankt-peterburg davlat konservatoriyasi, lev tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti, sadir japarov, emomali rahmon, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, xo‘jand deklaratsiyasi, davlat chegaralari shartnomasi, tinchlik va xavfsizlik
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston prezidenti, vladimir putin, rossiya prezidenti, valeriy gergiyev, sankt-peterburg, sankt-peterburg davlat konservatoriyasi, lev tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti, sadir japarov, emomali rahmon, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, xo‘jand deklaratsiyasi, davlat chegaralari shartnomasi, tinchlik va xavfsizlik
Mirziyoyev, Japarov va Rahmonga nufuzli xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi
09:25 22.12.2025 (yangilandi: 10:10 22.12.2025) Mukofot Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shilgan hissa, shuningdek umumiy va barobar xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar uchun berildi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaga amaliy tashrif doirasida Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ushbu mukofot Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga ham berildi.
Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin huzurida mukofot uning hakamlar hay’ati raisi, mashhur dirijor Valeriy Gergiyev tomonidan topshirildi
Hakamlar hay’ati qarorida qayd etilishicha, 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida davlat rahbarlari Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Xo‘jand deklaratsiyasini imzolab, xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan umumiy va barobar xavfsizlikni ta’minlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdilar.
Mukofot insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat va Markaziy Osiyoni tinchlik, farovonlik hamda bunyodkorlik makoniga aylantirish yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatlar e’tirofi ekani ta’kidlandi.