Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradi gruppe predprinimateley, udostoyennix pochetnix zvaniy, ordenov i medaley
Prezident Shavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradi gruppe predprinimateley, udostoyennix pochetnix zvaniy, ordenov i medaley
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Obuna bo‘lish
Bu yilgi mukofotga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari loyiq ko‘rilgan.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. 2025-yilda L.N. Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ularga bu mukofot berilganini Moskvadagi marosimda hakamlar raisi, Rossiya xalq artisti Valeriy Gergiyev e’lon qildi. Barcha hakamlar O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari nomzodlarini bir ovozdan ma’qullagan.
Qayd etilishicha, bu uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun bu mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti uchinchi jahon urushi xavfining oldini olishga qaratilgan faoliyatdagi yuksak xizmatlar, xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlash, qurollanish poygasini to‘xtatish, ko‘p qutbli va zo‘ravonliksiz dunyo qurish, demilitarizatsiya, demokratlashtirish va gumanitar sohalardagi yutuqlar, tinchlikparvarlik faoliyati hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtiroki uchun beriladi.
2024 yilda ushbu mukofot Afrika ittifoqiga topshirilgan edi. Hakamlar hay’ati BRIKS, ShHT va “Katta yigirmatalik”ka a’zo bo‘lgan to‘qqiz davlat fuqarolaridan iborat bo‘lib, ular orasida BMT Xavfsizlik Kengashining uch doimiy a’zosi ham bor.
Shavkat Mirziyov, Emomali Raxmon i Sadir Japarov podpisali Dogovor o tochke stika gosudarstvennix granis Uzbekistana, Tadjikistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi
Yangiliklar lentasi
0