Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Prezident Rossiyaga tashrif bilan bordi — kun tartibida qanday masalalar bor?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil s rabochim vizitom v Sankt-Peterburg
Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochim vizitom v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Yevroosiyo kengashi hamda MDH sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini “Pulkovo” xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar tantanali tarzda kutib oldi.
Sammit kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rin olgan.
An’anaga ko‘ra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga Sentralnaya Aziya + Yaponiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” biznes forumida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0