O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” biznes forumida ishtirok etdi
11:39 20.12.2025 (yangilandi: 11:40 20.12.2025)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Forumda Yaponiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdim etildi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti doirasida ko‘p tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.
Forumda Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaga Yaponiya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yaponiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdim etildi.
Xususan, “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI ko‘magida O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish, “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, “JOGMEC” ishtirokida yangi o‘ta muhim mineral konlarini o‘zlashtirish kabi O‘zbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari shular jumlasidan.

Davlat rahbarlari huzurida tegishli loyihalar bo‘yicha hujjatlar almashildi.
Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ham qatnashdilar.