Yaponiya va O‘zbekiston kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida bayonot imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Sanae Takaichi
Shavkat Mirziyoyev i Sanae Takaichi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Obuna bo‘lish
Ikki davlat orasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, transport, shaharsozlik, turizm va yana qator sohalarda kelishuvlar imzolandi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Bugun Tokida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Muzokaralar yakunda O‘zbekiston va Yaponiya orasida Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Shuningdek, tashrif doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, suv resurslari, transport, shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.
Yaponiyadagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining bo‘lajak yig‘ilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga Sentralnaya Aziya + Yaponiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida qator tashabbuslarni olg‘a surdi
Yangiliklar lentasi
0