Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida qator tashabbuslarni olg‘a surdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga "Sentralnaya Aziya + Yaponiya".
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga Sentralnaya Aziya + Yaponiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Obuna bo‘lish
Sammitida Yaponiya bosh vaziri, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tokioda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitida ishtirok etdi.
Prezident o‘z nutqida bundan 20-yil muqaddam aynan Yaponiya ilk bor “Markaziy Osiyo plyus” muloqotining tashabbuskori bo‘lganini qayd etdi va o‘tgan yillar davomida kunchiqar yurt Markaziy Osiyo davlatlarining ishonchli hamkori bo‘lib kelayotganini qayd etdi.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan keyingi davr mobaynida Yaponiya ishonchli hamkorimiz bo‘lib kelayotganini, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, infratuzilma, sanoat va energetika bazasini modernizatsiya qilish, fan va ta’lim hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz, - dedi Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga "Sentralnaya Aziya + Yaponiya".
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga Sentralnaya Aziya + Yaponiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga "Sentralnaya Aziya + Yaponiya".
O‘zbekiston prezidenti o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Tokio deklaratsiyasi” qabul qilinganini olqishlab, qator tashabbuslar bildirdi.
1.
Davlat rahbarlari darajasidagi sammitlarni har ikki yilda bir marta o‘tkazish va navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda qarbul qilish.
2.
“Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040” hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish.
3.
Yaponiya moliya institutlarining Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish.
4.
“Markaziy Osiyo – Yaponiya” raqamli xabi – raqamli yechimlar, sun’iy intellekt, “buyumlar interneti”, kiberxavfsizlik va innovatsion iqtisodiyot sohalarida ko‘ptomonlama hamkorlik platformasini yaratish.
5.
Tezurar poyezdlar va avtomobil yo‘llarini barpo etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish, aeroportlar va logistika markazlarini qurish loyihalariga Yaponiya investitsiyalari, texnologiyalari va ekspertlarini jalb etish.
6.
“Yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha samarali issiqlik stansiyalari, quyosh va shamol energiya qurilmalarini barpo etish, Toshkentda qayta tiklanuvchi energetika sohasida mutaxassislarni tayyorlash.
7.
“Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturini amalga oshirishda Yaponiya bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish muhim.
8.
Seysmik barqarorlikni baholash va oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirish. Yapon ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyoning yirik shaharlarini kompleks seysmik tekshiruvdan o‘tkazish.
9.
O‘zbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida ta’lim vazirlarining birinchi yig‘ilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini o‘tkazishni taklif etamiz.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti yoshlar hamjamiyatlari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, madaniyat, san’at va turizm festivallarini doimiy o‘tkazib borishni taklif qildi.
So‘z oxirida Shavkat Mirziyov Yaponiyaning afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p yillardan buyon yetakchi donor va sherik mamlakatlar qatorida bo‘lib kelayotganini yuksak baholashini aytib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga "Sentralnaya Aziya + Yaponiya".
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga Sentralnaya Aziya + Yaponiya.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v pervom sammite Dialoga "Sentralnaya Aziya + Yaponiya".
Yangiliklar lentasi
0