YeI Kiyevga ajratgan krediti bo‘yicha yiliga 3 mlrd foiz to‘laydi – OAV

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Mediabankka o‘tishFlagi Ukraini i YeS
Flagi Ukraini i YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Obuna bo‘lish
Kiyevga ajratilgan kreditni uni yoqlab ovoz bergan YeI davlatlarining farzandlari va nabiralari to‘laydi – Orban.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Kiyevga ajratilgan yangi kredit bo‘yicha har yili 3 milliard yevro foiz to‘laydi, deb xabar berdi Polotico nashri.
"Yevropa Ittifoqi soliq to‘lovchilari Ukraina mudofaasini moliyalashtirish uchun umumiy qarzni ko‘paytirish rejasining bir qismi sifatida kredit bo‘yicha yiliga 3 milliard yevro foiz to‘lashlari kerak bo‘ladi", deb yozadi nashr Yevropa Komissiyasi yuqori lavozimli amaldorlariga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni YeI amaldorlari mulatilgan Rossiya aktivlari hisobidan Kiyevga reparatsion kredit ajratish g‘oyasidan vaqtincha voz kechgan edi. Buning o‘rniga ular Yevropa Ittifoqi budjeti hisobidan Kiyevga 90 mlrd yevro kredit ajratish haqida kelishib olishdi. Vengriya, Slovakiya va Chexiya Respublikasi kredit garovida ishtirok etmayapti.
Polotico yozishiga ko‘ra, ushbu reja ittifoqqa qimmatga tushadi — YeI 2028-yildan boshlab yetti yillik budjetidan foizlarni to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu asosan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning hissalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ta’kidlaganidek, hech kim kreditni qaytarishni niyat qilmayapti, shuning uchun uni berganlarning farzandlari va nabiralari ushbu kredit uchun foizlar va asosiy qarzni to‘laydilar.
Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun Markaziy bank zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Shu bilan birga, Yevropa Kengashi Yevropa Ittifoqiga "reparatsiya krediti" deb nomlangan kredit bo‘yicha ishlarni davom ettirishni buyurdi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari Rossiyaning valyuta zaxiralarining taxminan yarmini muzlatib qo‘ydi. Yevropa Ittifoqi banklarida 200 milliard yevrodan ortiq mablag‘, asosan Belgiyaning Euroclear hisob raqamlarida saqlanmoqda.

Moskva javob choralarini ko‘rdi: do‘stona bo‘lmagan davlatlardan kelgan xorijiy investorlarning aktivlari va ulardan olingan daromadni maxsus “S” hisoblarida to‘planadi. Ularning xorijga olib chiqilishi faqat hukumat komissiyasining maxsus qarori bilan ruxsat beriladi.
Prezident Vladimir Putin Rossiya aktivlarini musodara qilish g‘oyasini talonchilik deb atadi va bu dunyodagi moliyaviy tartibining poydevorlarini buzishini va hatto Bretton-vud tizimining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Rolik s temoy iz filma Oxotniki za privideniyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Orban YeI siyosatchilarini “Arvoh ovchilari” filmidagi musiqa bilan masxara qildi - video
Yangiliklar lentasi
0