Orban YeI siyosatchilarini “Arvoh ovchilari” filmidagi musiqa bilan masxara qildi - video

Obuna bo‘lish
Agar mahallangizda g‘alati narsa yuz bersa, kimga qo‘ng‘iroq qilasiz? —Arvoh ovchilariga!
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘zining Yevroparlament siyosatchilari, Ursula fon der Lyayen va Fridrix Mers uchrashuvi aks etgan videni “Arvoh ovchilari” filmining saundtreki bilan e’lon qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoda Belgiya Bosh vaziri Bart de Vever Orbanni kutayotganini va u bilan biror narsani muhokama qilmoqchi ekanligini aytdi. Keyin Orbanning o‘zi ko‘rinadi.
"Arvoh ovchilari" filmidagi qo‘shiqda shunday so‘zlar bor: Agar mahallangizda g‘alati narsa yuz bersa, Kimga qo‘ng‘iroq qilasiz? -Arvoh ovchilariga!
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Brussel sammiti yakuniga yetdi, natijada Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilishdan vaqtincha voz kechdi va Ukrainaga o‘z budjetidan 90 milliard yevro miqdorida kredit berishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha, Vengriya, Slovakiya va Chexiya kreditni ta’minlashda ishtirok etmaydi. Sammitdan so‘ng Orban, Ukraina pulni qaytarmasligi sababli, bu qarorni qabul qilganlarning farzandlari va nabiralari Yevropa Ittifoqining Kiyevga bergan qarzini to‘lash uchun javobgar bo‘lishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0