Vladimir Putin bilan yil yakunlari: G‘arb bilan munosabatlar bo‘yicha asosiy bayonotlar

© RIA NovostiPrezident Rossii Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi "Itogi goda"
Prezident Rossii Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi Itogi goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
“Vladimir Putin bilan yil yakunlari” jonli efirida Rossiya prezidenti G‘arb davlatlari, Yevropa, NATO va AQSh bilan munosabatlar bo‘yicha qator bayonotlar berdi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Moskvada jonli efirda “Vladimir Putin bilan yil yakunlari” dasturi bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti G‘arb davlatlari bilan munosabatlar bo‘yicha qator bayonotlar berdi.
Rossiya prezidentining asosiy bayonotlari:
“Agar biz — Yevropa davlatlari, Rossiya va Yevropa — sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsulotimiz AQShnikidan ko‘proq bo‘lar edi".
“Biz Yevropa bilan ham, Buyuk Britaniya bilan ham, umuman Yevropa bilan ham, AQSh bilan ham ishlashga tayyormiz. Lekin bu teng huquqli asosda, o‘zaro hurmat bilan bo‘lishi kerak. Agar biz oxir-oqibat shunga erishsak, bundan hamma yutadi".
“Yevropada AQShdagi Kongress saylovlaridan keyin siyosiy manzara o‘zgaradi, deb hisoblashmoqda. Ular Trampga ko‘proq bosim o‘tkazish mumkin, deb o‘ylashapti".
“Nima, biz Yevropaga hujum qilmoqchimizmi? Bu qanday bema’nilik?”
“G‘arb Rossiya bilan urushga tayyorgarlik haqida gapirib, vaziyatni keskinlashtirishda davom etmoqda".
“Agar bizga hurmat bilan munosabatda bo‘lsangiz, hech qanday maxsus harbiy operatsiyalar bo‘lmaydi. Biz doimo sizning manfaatlaringizni inobatga olganmiz, siz ham bizning manfaatlarimizga rioya qilishingiz kerak. NATO Sharqqa kengaymasligi haqida va’da berilgan edi. "Bir duym ham siljimaydi", deyishgan. Nima bo‘ldi? Xalqimiz aytganidek, ahmoq qilishdi".
“G‘arbda xatolarni yashirish uchun dushman obrazi yaratiladi, bu holatda Rossiyadan”.
“NATOning asosiy mamlakati — AQSh — Rossiyani dushman deb hisoblamaydi.”
Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi vo vremya spetsialnoy programmi Itogi goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: tinchlik masalasi muzokaralarida “koptok” Ukraina va uning homiylari tomonda
Yangiliklar lentasi
0