Prezident Yaponiyada: nodir metallar, aeroport va yashil energiya loyihalari muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro moliya institutlari va yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashib, qator investitsiya va infratuzilma loyihalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti hamda “Sojitz Corporation” rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
JBIC boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi bilan muzokaralarda energetika, transport, AT infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirilayotgan tashabbuslar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
JICA prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashuvda qayd etilishicha, qo‘shma loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, energetika, transport, ta’lim va sanoat sohalarida 3 milliard dollardan ortiq qiymatga ega yangi tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.
Tashrif doirasida iqtisodiy zonalar, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, transport hamda tibbiy uskunalar yetkazib berish bo‘yicha qator kelishuvlar imzolandi. Tomonlar Yaponiya investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona barpo etish loyihasini tez fursatlarda ishga tushirishga tayyor ekanini bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
“Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemura bilan uchrashuvda ko‘p tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasi qurilishi kabi ustuvor loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, tibbiyot va ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yo‘lagini barpo etish, gaz kompressor stansiyalarini yangilash hamda yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechi v ramkax delovoy programmi ofitsialnogo vizita v Tokio
“JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlari Ichiro Takaxara va Djun Inomata bilan uchrashuvda kompaniyalarning hududlardagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari ko‘rib chiqildi.
Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami vedushix kompaniy, finansovix institutov i biznes-obyedineniy Yaponii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlarini sanoat va “yashil iqtisodiyot” loyihalariga taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0