https://oz.sputniknews.uz/20251219/mirziyoev-japan-ishbilarmonlar-taklif-54315185.html
Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlarini sanoat va “yashil iqtisodiyot” loyihalariga taklif qildi
Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlarini sanoat va “yashil iqtisodiyot” loyihalariga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya biznes doiralari bilan uchrashuvda sanoat, “yashil iqtisodiyot”, texnologiyalar va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
2025-12-19T15:18+0500
2025-12-19T15:18+0500
2025-12-19T15:42+0500
iqtisod
biznes
uchrashuv
hamkorlik
yaponiya
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/13/54314126_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0f738dacd8ec99d2070d1dd194636e33.jpg
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Rosey Akazava hamda yirik korporatsiyalar va moliya institutlarining top-menejerlari ishtirok etdi.Uchrashuvda prezident Yaponiya ishbilarmonlarini O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, sanoatlashuvni tezlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qildi.Yana bir muhim yo‘nalish sifatida maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasi markazlariga aylantirish belgilandi. Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251219/mirziyoev-japan-tashrif-54303132.html
yaponiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/13/54314126_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a85012aa2686b953805dc9ff1b23d68f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, yaponiyaga rasmiy tashrif, o‘zbekiston–aponiya hamkorligi, yaponiya kompaniyalari, rosey akazava, biznes uchrashuv, investitsiya, sanoatlashuv, yashil iqtisodiyot, energetik barqarorlik, o‘ta muhim minerallar, mashinasozlik, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar, o‘zbekiston iqtisodiyoti
shavkat mirziyoyev, yaponiyaga rasmiy tashrif, o‘zbekiston–aponiya hamkorligi, yaponiya kompaniyalari, rosey akazava, biznes uchrashuv, investitsiya, sanoatlashuv, yashil iqtisodiyot, energetik barqarorlik, o‘ta muhim minerallar, mashinasozlik, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar, o‘zbekiston iqtisodiyoti
Mirziyoyev Yaponiya ishbilarmonlarini sanoat va “yashil iqtisodiyot” loyihalariga taklif qildi
15:18 19.12.2025 (yangilandi: 15:42 19.12.2025) Prezident Yaponiyada yetakchi kompaniya va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashib, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Rosey Akazava hamda yirik korporatsiyalar va moliya institutlarining top-menejerlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda prezident Yaponiya ishbilarmonlarini O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, sanoatlashuvni tezlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, energetik barqarorlikni ta’minlash, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, o‘ta muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, mashinasozlik va sanoat uskunalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, jumladan, sun’iy intellekt va raqamlashtirish dasturlarini amalga oshirish istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Yana bir muhim yo‘nalish sifatida maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasi markazlariga aylantirish belgilandi. Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.