O‘zMU huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

© Sputnik / Artem JitenevUrok fiziki
Urok fiziki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Institutning asosiy vazifalarilaridan biri nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizika, kvant tarmoqlar hamda dinamik tizimlar yo‘nalishlarida ilmiy anjumanlar tashkil etishdir.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etiladi. Hukumat tegishli qarorni qabul qildi.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;
oliy ta’lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashish;
fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
Institutga quyidagi huquqlar beriladi:
boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, o‘quv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish;
ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rash va bepul olish.
Kak v Uzbekistane proizvodat radiopreparati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
O‘zbekistonda radiofarmatsevtika: qanday va kim uchun ishlab chiqariladi
Yangiliklar lentasi
0