https://oz.sputniknews.uz/20251219/navoiy-tashkent-energiya-saqlash-tizimlar-54299803.html
Elektr barqarorligi: Navoiy va Toshkent viloyatlarida energiya saqlash tizimlari quriladi
Elektr barqarorligi: Navoiy va Toshkent viloyatlarida energiya saqlash tizimlari quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish rejalashtirilmoqda. Prezident farmonlari bilan Masdar va Xitoy kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar tasdiqlandi.
2025-12-19T11:51+0500
2025-12-19T11:51+0500
2025-12-19T11:57+0500
o‘zbekiston
jamiyat
elektr energiyasi
yashil energiya
loyiha
baa
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/13/54299292_0:97:1280:817_1920x0_80_0_0_970eb74da94b600ee1a8333d7fde6faf.jpg
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt·soat) va Toshkent viloyatida 150 MVt (300 MVt·soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmonlari qabul qilindi.Xususan, Navoiy viloyatidagi loyiha doirasida “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi bilan investitsiya shartnomasi imzolandi. Qarorga ko‘ra, Investor o‘z huquq va majburiyatlaridan o‘zi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi. Elektr uzatish infratuzilmasiga oid mazkur xarajatlar elektr energiyasi tariflari tarkibida ko‘zda tutiladi.Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida “EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (Xitoy) ishtirokida investitsiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MChJ loyiha kompaniyasi tashkil etildi. Loyiha kompaniyalari elektr energiyasini saqlash tizimining kafolatlangan tayyor holatda foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, uni yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurib, ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251106/uae-energiya-tizimlar--shartnomalar-53261459.html
o‘zbekiston
baa
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/13/54299292_31:0:1250:914_1920x0_80_0_0_e6eec71f2758a7b816fe11e9c6087666.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, energiya saqlash tizimi, elektr energiyasi, navoiy viloyati, toshkent viloyati, zangiota tumani, masdar, abu dhabi future energy company, baa, xitoy, eaglerise, mega energy power tech, prezident farmoni, investitsiya loyihasi, o‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari
o‘zbekiston, energiya saqlash tizimi, elektr energiyasi, navoiy viloyati, toshkent viloyati, zangiota tumani, masdar, abu dhabi future energy company, baa, xitoy, eaglerise, mega energy power tech, prezident farmoni, investitsiya loyihasi, o‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari
Elektr barqarorligi: Navoiy va Toshkent viloyatlarida energiya saqlash tizimlari quriladi
11:51 19.12.2025 (yangilandi: 11:57 19.12.2025) Farmonga ko‘ra, loyiha kompaniyalari tizimlarni yagona elektr tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarni qurib, ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt·soat) va Toshkent viloyatida 150 MVt (300 MVt·soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmonlari qabul qilindi.
Xususan, Navoiy viloyatidagi loyiha doirasida “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi bilan investitsiya shartnomasi
imzolandi. Qarorga ko‘ra, Investor o‘z huquq va majburiyatlaridan o‘zi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Elektr uzatish infratuzilmasiga oid mazkur xarajatlar elektr energiyasi tariflari tarkibida ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida “EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (Xitoy) ishtirokida investitsiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MChJ loyiha kompaniyasi
tashkil etildi.
Loyiha kompaniyalari elektr energiyasini saqlash tizimining kafolatlangan tayyor holatda foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, uni yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurib, ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.