BAA kompaniyalari O‘zbekistonda energiya saqlash tizimlarini quradi

© Ministerstvo energetikiDelegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v forumax "ENACT Majlis" i "ADIPEC-2025"
Delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v forumax ENACT Majlis i ADIPEC-2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro forumlarda sun’iy intellekt asosida energetikani modernizatsiya qilish va “yashil” energiya hamkorligini rivojlantirishga doir muzokaralar o‘tkazdi
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Masdar” va “AMEA Power” kompaniyalari Navoiy viloyatida elektr saqlash tizimlarini quradi. Abu-Dabida o‘tkazilayotgan “ENACT Majlis” va “ADIPEC-2025” sun’iy intellekt va energetika sohasiga oid xalqaro forumlarda tegishli kelishuvlarga erishildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Kelishuvga ko‘ra, “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatida 300 MVt/600 MVt·soat va “AMEA Power” kompaniyasi 200 MVt/800 MVt·soat quvvatli 2 ta energiya saqlash tizimini quradi.

Tadbir doirasida BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad al-Jobir, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy va qator hamkor kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida “yashil” energetika va neft-gaz sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 247 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh va 500 MVt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli 1 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirilgani va barqaror “yashil” energiya ishlab chiqarayotgani alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda.
Ministr energetiki provel vstrechu s Aleksandrom Novakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
O‘zbekiston va Rossiya neft-gaz va energetika sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0