https://oz.sputniknews.uz/20251218/ukraine-armiya-jangovor-ruh-tushish-54284110.html
Ukraina rahbariyatiga aloqador korrupsiya mojarosi armiya jangovar ruhini tushirdi— Rossiya TRX
Ukraina rahbariyatiga aloqador korrupsiya mojarosi armiya jangovar ruhini tushirdi— Rossiya TRX
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb diplomatik manbalari "Mindich – Zelenskiy ishi" Ukrainada aholi kayfiyati, frontdagi holat va elitalar o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
2025-12-18T18:15+0500
2025-12-18T18:15+0500
2025-12-18T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
razvedka xizmati
rossiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir zelenskiy
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54281589_0:90:343:283_1920x0_80_0_0_2a950486bf2919cda8461e4c720fb799.jpg
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. G‘arb davlatlarining Kiyevdagi diplomatik vakolatxonalari Ukraina uchun "Mindich – Zelenskiy ishi"ning salbiy oqibatlari kuchayib borayotganini qayd etmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) matbuot burosi xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Ukraina aholisi uzoq davom etayotgan qurolli mojarodan keskin toliqqan. Ko‘plab fuqarolar yaqinlarining o‘limi yoki jarohatlanishiga duch kelgani sababli urush G‘arb tomonidan ajratilgan moliyaviy yordamni o‘zlashtirish vositasiga aylanganini tobora ko‘proq anglamoqda.Shu sharoitda, ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainaliklarning yarmidan ortig‘i o‘t ochishni to‘xtatish uchun Rossiya nazorat o‘rnatgan hududlar ustidan suverenitetini tan olishga tayyor. Shuningdek, G‘arb diplomatlari Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning obro‘si ham pasayib borayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim harbiylar orasida, rahbariyat almashishi frontdagi vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan fikrlar ham paydo bo‘lgan.G‘arbda mojaro yakunlangan taqdirda, "Mindich – Zelenskiy ishi" Ukraina elitalari o‘rtasidagi ichki hisob-kitoblarni keskinlashtirishi mumkinligi haqidagi fikr mustahkamlanmoqda. Bu jarayonda mamlakat rahbariyati va shaxsan Zelenskiy ham javobgarlikka tortilishi ehtimoli istisno etilmayapti.Korrupsiya ishi haqidaNoyabr oyida Ukrainada energetika sohasidagi yirik korrupsiya sxemalari bo‘yicha tergov boshlandi. Huquq-tartibot idoralari "Energoatom" va unga aloqador bir qator shaxslar faoliyatini tekshirib, moliyaviy suiiste’mollarga doir materiallarni oshkor qildi. Tergov doirasida bir nechta amaldor va tadbirkorlarga nisbatan ayblovlar qo‘yilib, ayrim shaxslar qidiruvga berildi.Bu jarayon siyosiy oqibatlarga ham olib keldi: energetika sohasidagi ayrim rahbarlar lavozimlaridan ozod etildi. Zelenskiy esa korrupsiya sxemalaridan xabardor bo‘lmaganini ma’lum qildi va keyinchalik prezident ma’muriyatida ham kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251117/ukraine-armiya-ruhiyat-pasayish-53534753.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54281589_0:58:343:315_1920x0_80_0_0_9fe12930b1fc91b20b9d3f9a5630d2c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, zelenskiy, mindich ishi, ukrainada korrupsiya, g‘arb diplomatlari, kiyev, ukraina mojarosi, frontdagi vaziyat, qochoqlik, safarbarlik, rossiya tashqi razvedka xizmati, g‘arb ukraina munosabatlari, elitalar o‘rtasidagi ixtilof
ukraina, zelenskiy, mindich ishi, ukrainada korrupsiya, g‘arb diplomatlari, kiyev, ukraina mojarosi, frontdagi vaziyat, qochoqlik, safarbarlik, rossiya tashqi razvedka xizmati, g‘arb ukraina munosabatlari, elitalar o‘rtasidagi ixtilof
Ukraina rahbariyatiga aloqador korrupsiya mojarosi armiya jangovar ruhini tushirdi— Rossiya TRX
18:15 18.12.2025 (yangilandi: 18:37 18.12.2025) G‘arb diplomatik doiralar yuqori rahbariyat, hatto Zelenskiy ham aloqadorligi qayd etilgan korrupsion mojaro Ukraina jamoatchilik kayfiyati va frontdagi vaziyatga ta’siri ortayotganini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. G‘arb davlatlarining Kiyevdagi diplomatik vakolatxonalari Ukraina uchun "Mindich – Zelenskiy ishi"ning salbiy oqibatlari kuchayib borayotganini qayd etmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) matbuot burosi
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina aholisi uzoq davom etayotgan qurolli mojarodan keskin toliqqan. Ko‘plab fuqarolar yaqinlarining o‘limi yoki jarohatlanishiga duch kelgani sababli urush G‘arb tomonidan ajratilgan moliyaviy yordamni o‘zlashtirish vositasiga aylanganini tobora ko‘proq anglamoqda.
Shu sharoitda, ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainaliklarning yarmidan ortig‘i o‘t ochishni to‘xtatish uchun Rossiya nazorat o‘rnatgan hududlar ustidan suverenitetini tan olishga tayyor.
Bu kayfiyat frontdagi jangchilar orasida ham aks etmoqda: G‘arb diplomatik doiralarining baholashicha, safarbar etilganlar orasida ruhiy tushkunlik kuchaygan, xizmatdan bo‘yin tovlash holatlari esa keskin ko‘paygan.
Shuningdek, G‘arb diplomatlari Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning obro‘si ham pasayib borayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim harbiylar orasida, rahbariyat almashishi frontdagi vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan fikrlar ham paydo bo‘lgan.
G‘arbda mojaro yakunlangan taqdirda, "Mindich – Zelenskiy ishi" Ukraina elitalari o‘rtasidagi ichki hisob-kitoblarni keskinlashtirishi mumkinligi haqidagi fikr mustahkamlanmoqda. Bu jarayonda mamlakat rahbariyati va shaxsan Zelenskiy ham javobgarlikka tortilishi ehtimoli istisno etilmayapti.
Noyabr oyida Ukrainada energetika sohasidagi yirik korrupsiya sxemalari bo‘yicha tergov boshlandi. Huquq-tartibot idoralari "Energoatom" va unga aloqador bir qator shaxslar faoliyatini tekshirib, moliyaviy suiiste’mollarga doir materiallarni oshkor qildi. Tergov doirasida bir nechta amaldor va tadbirkorlarga nisbatan ayblovlar qo‘yilib, ayrim shaxslar qidiruvga berildi.
Bu jarayon siyosiy oqibatlarga ham olib keldi: energetika sohasidagi ayrim rahbarlar lavozimlaridan ozod etildi. Zelenskiy esa korrupsiya sxemalaridan xabardor bo‘lmaganini ma’lum qildi va keyinchalik prezident ma’muriyatida ham kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.