Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Telegraph: Ukraina armiyasi ruhiyati Kiyevdagi korrupsiya fonida pasaydi

© RIA NovostiPlenniy soldat VSU.
Plenniy soldat VSU. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
Obuna bo‘lish
Nashrning yozishicha, frontdagi muvaffaqiyatsizliklar va Kiyevdagi korrupsiya mojarosi Ukraina armiyasida ruhiy holatning sezilarli pasayishiga olib kelgan.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining ruhiyati frontdagi muvaffaqiyatsizliklar va Kiyevdagi korrupsiya mojarosi fonida maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning "The Telegraph" nashriga tayangan holda xabar berdi.
"G‘arbning nobarqaror yordami, elektr energiyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq shov-shuvli janjal va armiyaga xizmat qilishdan qochib ketayotgan ukrainalik erkaklarning ommaviy emigratsiyasi bilan birgalikda, bosqinning dastlabki kunlaridan beri ruhiy holat eng past darajada ekanligi ko‘rinib turibdi", — deyiladi materialda.
Noyabr oyi boshida "Politico" Ukraina muxolifati Zelenskiyni samarasiz energetika siyosati orqali mamlakat xavfsizligiga putur yetkazishda ayblamoqchi ekanini xabar qilgan. Strana.ua nashri esa muxolifat siyosatchilari korrupsiyaga qarshi kurash va armiya bilan bog‘liq muammolardan foydalanib, Zelenskiy pozitsiyasini zaiflashtirishga urinayotganini yozgan.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) 10-noyabr kuni energetika sohasida keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Rada deputati Yaroslav Jeleznyakning aytishicha, buro sobiq energetika vaziri va hozirgi adliya vaziri German Galushenko hamda "Energoatom"da tintov tekshiruvlari o‘tkazmoqda.
"Ukrainskaya pravda" nashri manbasiga ko‘ra, NABU xodimlari tadbirkor va Zelenskiyning yaqin tanishi sanalgan, Ukrainadan chiqib ketishga ulgurgan Timur Mindichning uyida ham tintuv o‘tkazishga kelgan.
Keyinroq NABU energetika sohasidagi korrupsiya ishiga oid audioyozuvlardan parchalarni e’lon qildi. Ularda "Tenor", "Roket" va "Karlson" deb atalgan shaxslar tilga olingan. Jeleznyakning ma’lumotiga ko‘ra, "Karlson" — Mindich, "Tenor" — "Energoatom" vakili Dmitriy Basov, "Roket" esa sobiq energetika vaziri Galushenkoning maslahatchisi Igor Mironyukdir.
Situatsiya v Luganskoy narodnoy respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ruhi tushgan Ukraina askarlari Xarkov viloyatida ommaviy taslim bo‘lmoqda
Yangiliklar lentasi
0