https://oz.sputniknews.uz/20251218/islom-tsivilizatsiya-markaz-unaoc-memorandum-54248056.html
BMT forumi doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va UNAOC memorandum imzoladi
BMT forumi doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va UNAOC memorandum imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMT Sivilizatsiyalar alyansi (UNAOC) o‘rtasida Ar-Riyod shahrida o‘tgan xalqaro forum doirasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
2025-12-18T10:16+0500
2025-12-18T10:16+0500
2025-12-18T10:21+0500
o‘zbekiston
madaniyat
bmt
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54247504_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_1c7bce82215d2f8f4271b9ec53d53c9d.png
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan BMT Sivilizatsiyalar alyansi (UNAOC) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Memorandum Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida BMT Sivilizatsiyalar alyansining 20-yilligiga bag‘ishlangan forum doirasida imzolandi. Anjuman sivilizatsiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, mediasavodxonlikni oshirish, migratsiya masalalari, ekstremizmning oldini olish hamda inklyuzivlikni ilgari surishga bag‘ishlandi.Forumdagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga TIV, Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, tegishli vazirlik vakillari kirdi.Forum doirasida UNAOC Oliy vakili Migel Anxel Moratinos bilan muzokaralar o‘tkazilib, markazning xalqaro maydondagi o‘rni va uni global gumanitar hamda ilmiy platformalarda ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.Anjuman davomida ISESCO, Jahon musulmonlar ligasi, Saudiya Arabistonining yetakchi akademik va madaniy muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda markaz ochilishida xalqaro tashkilotlar ishtirokini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Qirol Faysal kutubxonasi va Saudiya qirollik oilasi vakillari bilan uchrashuvlarda markaz tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, Movarounnahr sivilizatsiyalari tarixi bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.Markaz ochilishiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Kavkaz shayx-ul-islomi, Ozarbayjon muftiysi Allohshukur Pashazade bilan uchrashuv ham o‘tkazilib, o‘zbek-ozarbayjon gumanitar hamkorligini mustahkamlash
https://oz.sputniknews.uz/20251123/islom-tsivilizatsiyasi-markazi-asrlar-boylab-sayohat-53650264.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54247504_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_f50d4bc20fbf6e88283420bce0efb4b9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, islom sivilizatsiyasi markazi, bmt sivilizatsiyalar alyansi, unaoc, anglashuv memorandumi, ar-riyod, saudiya arabistoni, tashqi ishlar vazirligi, sivilizatsiyalar muloqoti, madaniyatlararo hamkorlik, mediasavodxonlik, migratsiya masalalari, ekstremizmning oldini olish, inklyuzivlik, xalqaro forum
o‘zbekiston, islom sivilizatsiyasi markazi, bmt sivilizatsiyalar alyansi, unaoc, anglashuv memorandumi, ar-riyod, saudiya arabistoni, tashqi ishlar vazirligi, sivilizatsiyalar muloqoti, madaniyatlararo hamkorlik, mediasavodxonlik, migratsiya masalalari, ekstremizmning oldini olish, inklyuzivlik, xalqaro forum
BMT forumi doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va UNAOC memorandum imzoladi
10:16 18.12.2025 (yangilandi: 10:21 18.12.2025) O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va UNAOC o‘rtasida memorandum imzolanib, xalqaro ilmiy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan BMT Sivilizatsiyalar alyansi (UNAOC) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Memorandum Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida BMT Sivilizatsiyalar alyansining 20-yilligiga bag‘ishlangan forum doirasida imzolandi. Anjuman sivilizatsiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, mediasavodxonlikni oshirish, migratsiya masalalari, ekstremizmning oldini olish hamda inklyuzivlikni ilgari surishga bag‘ishlandi.
Forumdagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga TIV, Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, tegishli vazirlik vakillari kirdi.
Forum doirasida UNAOC Oliy vakili Migel Anxel Moratinos bilan muzokaralar o‘tkazilib, markazning xalqaro maydondagi o‘rni va uni global gumanitar hamda ilmiy platformalarda ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida ISESCO, Jahon musulmonlar ligasi, Saudiya Arabistonining yetakchi akademik va madaniy muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda markaz ochilishida xalqaro tashkilotlar ishtirokini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Qirol Faysal kutubxonasi va Saudiya qirollik oilasi vakillari bilan uchrashuvlarda markaz tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, Movarounnahr sivilizatsiyalari tarixi bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Markaz ochilishiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Kavkaz shayx-ul-islomi, Ozarbayjon muftiysi Allohshukur Pashazade bilan uchrashuv ham o‘tkazilib, o‘zbek-ozarbayjon gumanitar hamkorligini mustahkamlash