https://oz.sputniknews.uz/20251218/ijtimoiy-reestr-bolalar-himoya-strategiya-54245934.html
Yagona Ijtimoiy reyestr joriy etiladi va bolalarni himoya qilish strategiyasi qabul qilinmoqda
Yagona Ijtimoiy reyestr joriy etiladi va bolalarni himoya qilish strategiyasi qabul qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Prezident ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yagona Ijtimoiy reyestr joriy etish hamda 2026–2030 yillarda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasi bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.
2025-12-18T09:29+0500
2025-12-18T09:29+0500
2025-12-18T09:54+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
ijtimoiy himoya milliy agentligi
bolalar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54246346_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_f39960ee3dd0ff504c9572ef0c414932.jpg
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Endilikda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri asosida Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qarab davlat ta’minotidagi, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi toifalarga ajratilib, har biriga mos yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash differensial yondashuv asosida amalga oshiriladi. Ayrim imkoniyati cheklangan oilalar uchun bandlik talab etilmagan ijtimoiy yordamlar joriy etiladi. “Mahalla yettiligi”ga mehnat qilish imkoniyati cheklangan va og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarni reyestrga kiritish huquqi beriladi.Shuningdek, reyestrga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish, sog‘liqni saqlash, bandlik, uy-joy va tadbirkorlik yo‘nalishlarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.Taqdim etilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasi bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, xavf ostidagi bolalarni erta aniqlash va ularga ijtimoiy, psixologik, ta’lim hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.Hujjatda kichik formatdagi ochiq markazlar tashkil etish, har bir bola uchun individual ish rejalari ishlab chiqish, bolalar huquqiy himoyasini kuchaytirish va sohada yagona elektron monitoring tizimini joriy etish belgilangan.Prezident vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251030/homiladorlik-kasallik-nafaqa-jamgarma-53079853.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54246346_89:0:1226:853_1920x0_80_0_0_7cfc60da88c834c20f3d373e41f01ce2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident o‘zbekiston, ijtimoiy himoya, ijtimoiy reyestr, kambag‘al oilalar, davlat ijtimoiy yordami, mahalla yettiligi, ijtimoiy xizmatlar markazi, reabilitatsiya xizmatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, aholini qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, 2026–2030 strategiya, bolalar xavfsizligi, elektron monitoring tizimi
prezident o‘zbekiston, ijtimoiy himoya, ijtimoiy reyestr, kambag‘al oilalar, davlat ijtimoiy yordami, mahalla yettiligi, ijtimoiy xizmatlar markazi, reabilitatsiya xizmatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, aholini qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, 2026–2030 strategiya, bolalar xavfsizligi, elektron monitoring tizimi
Yagona Ijtimoiy reyestr joriy etiladi va bolalarni himoya qilish strategiyasi qabul qilinmoqda
09:29 18.12.2025 (yangilandi: 09:54 18.12.2025) Prezident ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashi takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish hamda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Endilikda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri asosida Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qarab davlat ta’minotidagi, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi toifalarga ajratilib, har biriga mos yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash differensial yondashuv asosida amalga oshiriladi. Ayrim imkoniyati cheklangan oilalar uchun bandlik talab etilmagan ijtimoiy yordamlar joriy etiladi. “Mahalla yettiligi”ga mehnat qilish imkoniyati cheklangan va og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarni reyestrga kiritish huquqi beriladi.
Shuningdek, reyestrga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish, sog‘liqni saqlash, bandlik, uy-joy va tadbirkorlik yo‘nalishlarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.
2026–2027 yillarda ehtiyojmand aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 20 ta hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etiladi. Ularda parvarish, reabilitatsiya, ta’lim va kunduzgi xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz fuqarolarni qamrab olish kengaytiriladi.
Taqdim etilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasi bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, xavf ostidagi bolalarni erta aniqlash va ularga ijtimoiy, psixologik, ta’lim hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Hujjatda kichik formatdagi ochiq markazlar tashkil etish, har bir bola uchun individual ish rejalari ishlab chiqish, bolalar huquqiy himoyasini kuchaytirish va sohada yagona elektron monitoring tizimini joriy etish belgilangan.
Prezident vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.