https://oz.sputniknews.uz/20251030/homiladorlik-kasallik-nafaqa-jamgarma-53079853.html
Yangi tizim: homiladorlik va kasallik nafaqalari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanadi
Yangi tizim: homiladorlik va kasallik nafaqalari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish takliflarini ma’qulladi. 2026-yildan nafaqalar davlat jamg‘armasi orqali to‘lanadi.
2025-10-30T09:28+0500
2025-10-30T09:28+0500
2025-10-30T10:30+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ayollar
nafaqa
sug‘urta
xmt
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53079337_0:62:1280:782_1920x0_80_0_0_c10cf32730bf1797ea099b72d775ae94.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda qayd etilganidek, xususiy sektorda band bo‘lgan aholining katta qismi hozirda homiladorlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va ishdan bo‘shash kabi holatlar bo‘yicha nafaqalar bilan qamrab olinmagan. Shu bilan birga, Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga ko‘ra, tug‘ish va kasallik bo‘yicha nafaqalar ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari orqali to‘lanishi belgilangan.Ijtimoiy himoyani kuchaytirish va milliy sug‘urta tizimini xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi tizimning asosiy maqsadi — ishchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va rasmiy mehnat munosabatlarini rag‘batlantirish ekani ta’kidlandi. Prezident sohani raqamlashtirish, uning shaffof ishlashini ta’minlash, nafaqalarni proaktiv tarzda tayinlab, o‘z vaqtida to‘lab borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251020/narbaeva-geneva-ayol-forum-mehnat-52847162.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53079337_43:0:1181:853_1920x0_80_0_0_8a2131338c093f9e7f36ef87dfd4dc44.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy sug‘urta, shavkat mirziyoyev, ijtimoiy himoya, nafaqalar, homiladorlik nafaqasi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, o‘zbekiston, ijtimoiy himoya jamg‘armasi, raqamlashtirish, mehnat munosabatlari, xalqaro mehnat tashkiloti, onalikni muhofaza qilish, ijtimoi sugurta, prezident
ijtimoiy sug‘urta, shavkat mirziyoyev, ijtimoiy himoya, nafaqalar, homiladorlik nafaqasi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, o‘zbekiston, ijtimoiy himoya jamg‘armasi, raqamlashtirish, mehnat munosabatlari, xalqaro mehnat tashkiloti, onalikni muhofaza qilish, ijtimoi sugurta, prezident
Yangi tizim: homiladorlik va kasallik nafaqalari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanadi
09:28 30.10.2025 (yangilandi: 10:30 30.10.2025) Rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda qayd etilganidek, xususiy sektorda band bo‘lgan aholining katta qismi hozirda homiladorlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va ishdan bo‘shash kabi holatlar bo‘yicha nafaqalar bilan qamrab olinmagan.
Bu holatni to‘lovlar ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxining oshishiga olib kelayotgani, ish beruvchilar nafaqalarni to‘lashga ortiqcha yuklanma sifatida qarayotgani sababli ularga uchun ushbu tizim jozibador emasligi bilan izohlash mumkin.
Shu bilan birga, Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga ko‘ra, tug‘ish va kasallik bo‘yicha nafaqalar ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari orqali to‘lanishi belgilangan.
Ijtimoiy himoyani kuchaytirish va milliy sug‘urta tizimini xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.
2026 yildan ayollarga homiladorlik nafaqasi, 2026-yil ikkinchi yarmidan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‘lab boriladi.
Yangi tizimning asosiy maqsadi — ishchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va rasmiy mehnat munosabatlarini rag‘batlantirish ekani ta’kidlandi.
Prezident sohani raqamlashtirish, uning shaffof ishlashini ta’minlash, nafaqalarni proaktiv tarzda tayinlab, o‘z vaqtida to‘lab borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.