https://oz.sputniknews.uz/20251217/tashkent-rivojlanish-yil-54219031.html
Prezident: 2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi
Prezident: 2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar belgilab olindi. 2026-yil poytaxt uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili deb e’lon qilindi
2025-12-17T09:28+0500
2025-12-17T09:28+0500
2025-12-17T10:06+0500
o‘zbekiston
jamiyat
investitsiya
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54218868_55:206:1204:853_1920x0_80_0_0_6b43aac0a6813e559161c44dc89c1816.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shahar muhitini yaxshilash va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. 2030-yilga borib poytaxt aholisi 3,5 milliondan oshishi, YaIM 52 milliard dollarga, jon boshiga daromad esa qariyb 2 barobarga ko‘payishi rejalashtirilgan.Poytaxt tumanlari 3 yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish maqsadi qo‘yildi. Sergeli, Yangihayot va Bektemirda sanoat va logistika, boshqa tumanlarda xizmatlar, kreativ iqtisodiyot, IT, startap, moliya, tibbiyot va ta’lim ustuvor yo‘nalishlar bo‘ladi.Ekologiyani yaxshilash maqsadida sun’iy ko‘llar, yashil bog‘lar, sayilgohlar, kanal va drenaj tizimlari quriladi. Yomg‘ir suvini yig‘ish va yashil hududlarni sug‘orishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.Poytaxt boshqaruvida mahalliy budjet vakolatlari kengaytirilib, “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligi ta’kidlandi. 2026-yildan “mahalla yettiligi” to‘liq shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tib, aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/issiqlik-elektr-yangi-stantsiya-54209829.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54218868_108:0:1245:853_1920x0_80_0_0_be19966724cff4a0b54d2fdd07f87057.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent rivojlanishi, shavkat mirziyoyev, toshkent 2026, megapolis, investitsiya, sun’iy intellekt, ekologiya, mahalla yettiligi, poytaxt islohotlari
toshkent rivojlanishi, shavkat mirziyoyev, toshkent 2026, megapolis, investitsiya, sun’iy intellekt, ekologiya, mahalla yettiligi, poytaxt islohotlari
Prezident: 2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi
09:28 17.12.2025 (yangilandi: 10:06 17.12.2025) Yig‘ilishda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha islohotlar belgilab olindi. 2026-yil poytaxt uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili deb e’lon qilindi
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shahar muhitini yaxshilash va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalari
muhokama qilindi.
2030-yilga borib poytaxt aholisi 3,5 milliondan oshishi, YaIM 52 milliard dollarga, jon boshiga daromad esa qariyb 2 barobarga ko‘payishi rejalashtirilgan.
2026 yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili deb e’lon qilindi.
Poytaxt tumanlari 3 yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish maqsadi qo‘yildi. Sergeli, Yangihayot va Bektemirda sanoat va logistika, boshqa tumanlarda xizmatlar, kreativ iqtisodiyot, IT, startap, moliya, tibbiyot va ta’lim ustuvor yo‘nalishlar bo‘ladi.
Shaharda maktab, bog‘cha va sport inshootlariga ehtiyojni qoplash, “Toshkent tajribasi” asosida iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash tizimini kengaytirish belgilandi. Transport tizimi sun’iy intellekt asosida yagona markaz orqali boshqariladi, “aqlli” chorrahalar, elektrobuslar, piyoda va veloyo‘laklar soni oshiriladi.
Ekologiyani yaxshilash maqsadida sun’iy ko‘llar, yashil bog‘lar, sayilgohlar, kanal va drenaj tizimlari quriladi. Yomg‘ir suvini yig‘ish va yashil hududlarni sug‘orishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Poytaxt boshqaruvida mahalliy budjet vakolatlari kengaytirilib, “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligi ta’kidlandi. 2026-yildan “mahalla yettiligi” to‘liq shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tib, aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.