O‘zbekiston MDH Adliya vazirliklari uchun yagona elektron tizim loyihasini taqdim etdi

© Ispolnitelniy komitet SNGPredstaviteli stran SNG obsudili sroki sozdaniya sistemi obmena dannimi mejdu minyustami
Predstaviteli stran SNG obsudili sroki sozdaniya sistemi obmena dannimi mejdu minyustami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
Taklif etilgan yagona elektron tizim MDH mamlakatlari adliya vazirliklari o‘rtasida axborot almashishni tezlashtirib, transchegaraviy elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. MDHga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashi Ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishida O‘zbekiston tomoni adliya vazirliklari o‘rtasida axborot almashishning yagona elektron tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriq loyihasini taqdim etdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Unda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston Adliya vazirliklari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralar vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida tizimni yaratish va joriy etish muddatlari, uning tuzilishi, axborot xavfsizligi talablari hamda kutilgan samaralar ko‘rib chiqildi. Texnik topshiriq loyihasi davlatlarga kelishish uchun yuboriladi.
Qayd etilishicha, mazkur elektron tizim MDH makonida adliya idoralari o‘rtasida transchegaraviy elektron hujjat aylanishini rivojlantirish va huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Toshkentda MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Toshkentda Yevroosiyo qit’asida MDHning transport-logistika hamkorligi muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0