https://oz.sputniknews.uz/20251113/tashkent-eurasia-cis-transport-logistika-53449476.html
Toshkentda Yevroosiyo qit’asida MDHning transport-logistika hamkorligi muhokama qilindi
Toshkentda Yevroosiyo qit’asida MDHning transport-logistika hamkorligi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MDH transport kengashining 45-sessiyasi o‘tdi. Yevrosiyo logistikasi, pilotsiz transport, raqamlashtirish va “Uzluksiz tranzit” loyihasi muhokama qilindi.
2025-11-13T15:10+0500
2025-11-13T15:10+0500
2025-11-13T15:12+0500
o‘zbekiston
mdh
hamkorlik
uchrashuv
loyiha
raqamli texnologiyalar
iqtisod
transport
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53447359_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_e2a0b6481a783a23dd880e6ccee4a51f.png
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiya doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Yevroosiyo qit’asidagi transport va logistika hamkorligi” mavzusida yalpi muhokama tashkil etildi.Unda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vazirliklari va idoralari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.Rossiya transport vazirligining davlat kotibi — vazir o‘rinbosari Dmitriy Zverev onlayn tarzda ishtirokchilarni qutlar ekan, hozirda Rossiyada pilotsiz transport texnologiyalari jadal rivojlanayotganini ma’lum qildi.O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov “MDH plyus” formati O‘zbekiston tomonidan o‘zaro to‘ldiruvchilik, texnologik biriktirilish va iqtisodiy suverenitet tamoyillariga asoslangan yagona transport-logistika makonini shakllantirish maydoni sifatida ko‘rilayotganini qayd etdi.MDH Ijroiya qo‘mitasi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Mixail Miskin ham transport sohasining ahamiyatiga to‘xtaldi. Uning aytishicha, transport mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti o‘sishida eng muhim rol o‘ynaydi.Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sergey Dubina esa mamlakatning Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirilgan “Uzluksiz tranzit” loyihasini amalga oshirishda manfaatdorligini ma’lum qildi.So‘ng majlis yopiq shaklda davom ettirildi. Tadbirlar yigirma birinchi xalqaro “Transport va logistika — TransLogistica Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi.Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20251112/toshkentda-multimodal-tashuvlar-boyicha-xalqaro-forum-ochildi-53412813.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53447359_319:0:1759:1080_1920x0_80_0_0_26a286efa06a53a97673c697dfe8a29c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, mdh transport kengashi, mdh 45-sessiya, toshkent transport forumi, yevrosiyo logistikasi, transport hamkorligi, raqamlashtirish transport, pilotsiz transport texnologiyalari, “uzluksiz tranzit”, xitoy qozog‘iston o‘zbekiston yo‘nalishi, yuk tashish o‘sishi, transport infratuzilmasi, logistika integratsiyasi, yevrosiyo yo‘laklari, mdh iqtisodiy hamkorlik, transport siyosatlarini muvofiqlashtirish, translogistica uzbekistan, raqamli transport makoni, infratuzilma loyihalari, mintaqaviy hamkorlik, transport sektori o‘sishi.
mdh, mdh transport kengashi, mdh 45-sessiya, toshkent transport forumi, yevrosiyo logistikasi, transport hamkorligi, raqamlashtirish transport, pilotsiz transport texnologiyalari, “uzluksiz tranzit”, xitoy qozog‘iston o‘zbekiston yo‘nalishi, yuk tashish o‘sishi, transport infratuzilmasi, logistika integratsiyasi, yevrosiyo yo‘laklari, mdh iqtisodiy hamkorlik, transport siyosatlarini muvofiqlashtirish, translogistica uzbekistan, raqamli transport makoni, infratuzilma loyihalari, mintaqaviy hamkorlik, transport sektori o‘sishi.
Toshkentda Yevroosiyo qit’asida MDHning transport-logistika hamkorligi muhokama qilindi
15:10 13.11.2025 (yangilandi: 15:12 13.11.2025) Eksklyuziv
21-chi Xalqaro “Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi doirasida MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiya doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Yevroosiyo qit’asidagi transport va logistika hamkorligi” mavzusida yalpi muhokama tashkil etildi.
Unda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vazirliklari va idoralari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Rossiya transport vazirligining davlat kotibi — vazir o‘rinbosari Dmitriy Zverev onlayn tarzda ishtirokchilarni qutlar ekan, hozirda Rossiyada pilotsiz transport texnologiyalari jadal rivojlanayotganini ma’lum qildi.
“Rossiya MDH a’zo davlatlari bilan bu sohadagi tajribalarini baham ko‘rishga tayyor”, — dedi Zverev.
O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov “MDH plyus” formati O‘zbekiston tomonidan o‘zaro to‘ldiruvchilik, texnologik biriktirilish va iqtisodiy suverenitet tamoyillariga asoslangan yagona transport-logistika makonini shakllantirish maydoni sifatida ko‘rilayotganini qayd etdi.
“Transport siyosatlarini muvofiqlashtirish, raqamlashtirish va qo‘shma infratuzilma loyihalari mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini barqaror o‘sish va geoiqtisodiy bardoshlik omiliga aylantirmoqda”, - dedi Omarov.
MDH Ijroiya qo‘mitasi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Mixail Miskin ham transport sohasining ahamiyatiga to‘xtaldi. Uning aytishicha, transport mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti o‘sishida eng muhim rol o‘ynaydi.
“MDH Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 8 oyi davomida yuk tashish hajmi 2 foizdan ziyod o‘sdi. Yuk tashish rivojlanishi sanoat ishlab chiqarish, o‘zaro savdo va tashqi savdodan ham yuqori sur’atlarni ko‘rsatmoqda”, — dedi Miskin.
Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sergey Dubina esa mamlakatning Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirilgan “Uzluksiz tranzit” loyihasini amalga oshirishda manfaatdorligini ma’lum qildi.
“Ushbu loyiha janubiy transport yo‘lagida muvaffaqiyatli ishlamoqda va yagona raqamli makon yaratish orqali yuk tashish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi”, - dedi u.
So‘ng majlis yopiq shaklda davom ettirildi. Tadbirlar yigirma birinchi xalqaro “Transport va logistika — TransLogistica Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi.
Batafsil
Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.