https://oz.sputniknews.uz/20251216/kudratov-kuwait-uchrashuv-54194297.html
Kudratov Kuvaytda vazirlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi — tafsilotlar
Kudratov Kuvaytda vazirlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kuvaytga tashrif bilan borib, hukumat va ishbilarmon doiralar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2025-12-16T10:58+0500
2025-12-16T10:58+0500
2025-12-16T10:58+0500
o‘zbekiston
iqtisod
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
investitsiya
hamkorlik
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54193993_0:0:1901:1069_1920x0_80_0_0_93d7835b8b668898d9010eb54f1074e4.png
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 13-15 dekabr kunlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kuvaytga amaliy tashrif bilan bo‘lib, mamlakat hukumati, ishbilarmon doiralar va moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.Shuningdek, u O‘zbekiston–Kuvayt Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.Vazir Kuvayt neft vaziri va "Kuwait Petroleum Corporation" raisi, savdo va sanoat vaziri hamda bir qator sohalarda vazir vazifasini bajarayotgan rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama savdoni kengaytirish va "Fors ko‘rfazi mamlakatlari – Markaziy Osiyo" Taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.Tashrif davomida O‘zbekiston–Kuvayt biznes-forumi va "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi o‘tkazildi. So‘nggi besh yilda tovar ayirboshlash hajmi besh barobardan ortiq oshgani qayd etildi.Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida agrosanoat, neft-kimyo, infratuzilma, transport-logistika, raqamli va moliyaviy xizmatlar belgilandi. Elektron tijorat, islomiy moliya, qurilish, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida Kuvayt ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250904/central-asia-persian-gulf-davlatlar-savdo-51731516.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54193993_237:0:1662:1069_1920x0_80_0_0_ea41a8e8c419cfca0e4215bb5dc40b4b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
laziz kudratov, o‘zbekiston–kuvayt munosabatlari, quvayt davlati, kuvayt hukumati, o‘zbekiston–quvayt hukumatlararo komissiyasi, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, xalqaro tashrif, biznes muzokaralari, moliyaviy institutlar, quvayt biznesi, tashqi savdo, investitsiyaviy hamkorlik, markaziy osiyo, fors ko‘rfazi davlatlari
laziz kudratov, o‘zbekiston–kuvayt munosabatlari, quvayt davlati, kuvayt hukumati, o‘zbekiston–quvayt hukumatlararo komissiyasi, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, xalqaro tashrif, biznes muzokaralari, moliyaviy institutlar, quvayt biznesi, tashqi savdo, investitsiyaviy hamkorlik, markaziy osiyo, fors ko‘rfazi davlatlari
Kudratov Kuvaytda vazirlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi — tafsilotlar
Muzokaralarda neft-gaz, neft-kimyo, logistika, savdo va investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 13-15 dekabr kunlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kuvaytga amaliy tashrif bilan bo‘lib, mamlakat hukumati, ishbilarmon doiralar va moliyaviy institutlar vakillari bilan
muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston–Kuvayt Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Vazir Kuvayt neft vaziri va "Kuwait Petroleum Corporation" raisi, savdo va sanoat vaziri hamda bir qator sohalarda vazir vazifasini bajarayotgan rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda neft-gaz va neft-kimyo sohalarida hamkorlik, logistika va savdo, aviatsiya yoqilg‘isi yetkazib berish, meva-sabzavot eksportini kengaytirish, standartlarni o‘zaro tan olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama savdoni kengaytirish va "Fors ko‘rfazi mamlakatlari – Markaziy Osiyo" Taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston–Kuvayt biznes-forumi va "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi o‘tkazildi. So‘nggi besh yilda tovar ayirboshlash hajmi besh barobardan ortiq oshgani qayd etildi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida agrosanoat, neft-kimyo, infratuzilma, transport-logistika, raqamli va moliyaviy xizmatlar belgilandi.
Elektron tijorat, islomiy moliya, qurilish, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida Kuvayt ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.