Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari savdosi 3,3 mlrd dollarga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Vladivostok
Goroda Rossii. Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ko‘rfaz davlatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi 8,1 barobarga oshib, hozirda 740 million AQSh dollarini tashkil etmoqda
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Fors ko‘rfazi mamlakatlari (Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni) va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki matbuot xizmati xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 4,2 barobarga ko‘pdir.
O‘zaro savdoning 80 foizi — Ko‘rfaz davlatlaridan Markaziy Osiyoga import qilinadigan tovarlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mintaqada Ko‘rfaz davlatlarining eng yirik savdo hamkorlari quyidagicha:
Turkmaniston — 2 milliard dollar,
O‘zbekiston — 740 million dollar.
Qozog‘iston - 302 million dollar.
© Press-slujba YeABRDinamika tovarooborota mejdu stranami Zaliva i Sentralnoy Azii
Dinamika tovarooborota mejdu stranami Zaliva i Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Dinamika tovarooborota mejdu stranami Zaliva i Sentralnoy Azii
Fors ko‘rfazi mamlakatlari ichida Birlashgan Arab Amirliklari mutlaq yetakchi bo‘lib, Markaziy Osiyo bilan umumiy savdoning 97 foizini ta’minlaydi.
Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdo hajmining o‘sishi davom etmoqda. Istiqboldagi salohiyat 4,9 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu summaning 4,4 milliard dollari Ko‘rfaz davlatlarining potensial eksportiga (avtomobillar, elektronika, zargarlik buyumlari) va 0,5 milliard dollari Markaziy Osiyo eksportiga (qimmatbaho va rangli metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ministr inostrannix del vstretilsya s generalnim direktorom kompanii Aluminium Bahrain  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2025
Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0