Veolia issiqliq tariflari nega oshayotganini tushuntirib berdi

© Sputnik / Mariya DevaxinaRuki nad batareyey
Ruki nad batareyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
Obuna bo‘lish
Oktabrdan issiqlik ta’riflari 15% oshadi, lekin bu hali tannarxdan ancha past. Tannarx to‘liq qoplanishi uchun narxlar 5,5 baravar oshirilishi kerak.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Veolia Energy Tashkent 2025-yil oktabr oyidan boshlab issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishini e’lon qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, bu energiya resurslari narxi oshishi bilan bog‘liq: may oyidan beri gaz narxi 20 foizga, elektr 11 foizga, sotib olinadigan issiqlik esa 13 foizga oshdi.
Shu sababli, aholi uchun issqlik tariflari 15 foizga, budjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga, yuridik shaxslar uchun esa - 40 foizga oshirildi.
Bugungi kunda issiqlik ta’minoti shahar budjetining eng ko‘p subsidiyalanadigan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Fuqarolar issiqlik xarajatlarining faqat 19,7 foizini to‘lamoqda, qolgani esa davlat hisobidan moliyalashtirilmoqda. Ammo hukumat strategiyasida 2030-yilgacha subsidiyalardan to‘liq voz kechish ko‘zda tutilgan.
Kompaniya ta’kidlashicha, poytaxtda 10-yillik modernizatsiya dasturi amalga oshirilmoqda. 2022-yildan 2024-yilgacha eskirgan quvurlarni almashtirish, qozonlar, nasos stansiyalarini ta’mirlash orqali issiqlik yo‘qotishlarini 44,3 foizdan 33,4 foizga kamaytirishga erishildi. Lekin hali issiqlik tarmoqlarining qariyb 68 foizi yangilanishga muhtoj.
Podgotovka k otopitelnomu sezonu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2025
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi — prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0